421
Ma’lumotlarni kodlash Rid-Solomon tashqi koderi va ichki
svertkali kodyerdan iborat ikkita bosqichdagi kaskadli kodlar ning
qo‘llanilishini ko‘zda tutadi. Rid-Solomon koderi BPSK ikki
pozitsiyali modulyatsiya bilan va OFDM subkanallari ishlatiladi-
gan hollarda qo‘llanilmaydi. Tavsiflangan kodlash mexanizmidan
tashqari, standart blokli turbokodlarni (Xemming kodlariga va
juftlikni nazorat qilishga asoslangan) va svertkali turbokodlarni
opsional qo‘llanilishini ko‘zda tutadi.
Kodlashdan keyin o‘rin almashtirish jarayoni (shuningdek, “in-
terliving” atamasi qo‘llaniladi) keladi. Bu OFDM simvolga mos
keladigan ma’lumotlarni kodlash bloki chegaralarida bitlarni o‘rin
almashtirishi hisoblanadi. Bu operatsiya ikkita bosqichda amalga
oshiriladi. Dastlab qo‘shni bitlar qo‘shni bo‘lmagan eltuvchilarga
tarqatiladi, keyin esa qo‘shni bitlar turli yarim ketma-ketliklarga
tarqatiladi. O‘rin almashtirishdan maqsad shundaki, simvoldagi
guruhli xatoliklarda qo‘shni bo‘lmagan bitlar zararlansin va shun-
day qilib, bitlarni qayta tiklanish darajasi ortsin.
O‘rin almashtirishdan keyin modulyatsiya bosqichi boshlanadi.
Tanlangan modulyatsiya sxemasidan (BPSK, QPSK, 16-QAM, 64-
QAM) kelib chiqib, blok modulyatsion simvollarga mos ravishda bit-
lar guruhlari ketma-ketligidan (1/2/4/6 bitlar) iborat bo‘ladi.
29.3-jadval
Dostları ilə paylaş: