423
“Pastga” subkadr preambula, kadr sarlavhasini boshqaruvchi
(ingl.
Frame Control Header, FCH)
va ma’lumotlar paketlari ketma-ketligini
o‘z ichiga oladi. Preambula “pastga” kanalda ikki OFDM simvollar-
dan iborat (uzun preambula), kadrlarni sinxronlashtirishga mo‘ljallan-
gan va QPSK yordamida modulyatsiyalanadi. Preambuladan keyin
standart kodlash sxemasini BPSK yordamida modulyatsiyalanadigan
va bitta OFDM simvoldan iborat kadr sarlavhasini boshqaruvchi ke-
ladi. Sarlavha DL subkadrdagi birinchi paket (yoki bir necha bosh-
lang‘ich) uzunligini va profilini tavsiflaydigan “pastga” kanal kadri-
ning prefiksidan
(ingl. Downlink Frame Rrefix, DLFP)
iborat. Birinchi
paketga keng uzatishli xabarlar, “pastga” va “yuqoriga” liniyalarda
paketlarning joylashish xaritasi (DL-MAP/UL-MAP) “pastga”/”yu-
qoriga” kanallar diskriptorlari va boshqa xizmat axborotlari kiradi.
“Pastga” subkadr AU boshlang‘ich initsializatsiyalash uchun (tar-
moqqa ulanishni olish uchun) va uzatishga kanalga so‘rov uchun
davrlarni o‘z ichiga oladigan raqobatli ruxsat intervalidan iborat. Keyin
TS ma’lum AUlarga uzatish uchun tayinlangan vaqt intervallari keladi.
Bu intervallarning taqsimlanishi haqida axborotlar (boshlanish nuqta-
lari haqida) UL-MAP xabarlarida joylashadi. AU o‘z vaqt intervalida
qisqa preambulani (bitta OFDM simvol) uzatish bilan translyatsiyani
boshlaydi, undan keyin MAS darajada shakllantirilgan axborot paketi
uzatiladi. OFDM kadrlarining uzunliklari 2,5; 4; 5; 8; 10; 12,5; va 20
ms larni tashkil etishi mumkin. TS belgilangan kadrlarni qurish davrini
o‘zgartirib bo‘lmaydi, chunki bu holda barcha AU larni resinxron-
lashtirish talab qilinadi. Ulanishlarni o‘rnatilishiga so‘rov umumiy qa-
bul qilingan IEEE 802.16d standartidan farq qilmaydi. Lekin, OFDM
rejimida kanal resursi faqat vaqt sohasida emas, balki chastota so-
hasida ham TS va AU bunday imkoniyatlarni qo‘llab-quvvatlaydigan
sharoitlarda. ya’ni alohida kubkanallarda taqdim etilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: