Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə230/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   289
Raqamli mobil aloqa

30.2-rasm. 
IEEE 802.16 ning MAS-darajali paketi.
PDU sarlavha 6 baytni egallaydi va ikki turda umumiy va 
o‘tkazish oralig‘ini so‘rov sarlavhasi (O‘OSS) bo‘lishi mumkin. 
Umumiy sarlavha ma’lumotlar maydoni bo‘lgan paketlarda ish-
latiladi. Bu sarlavha CID ulanish identifikatori, sarlavhaning turi 
va nazorat yig‘indisi ko‘rsatiladi, shuningdek, ma’lumotlar may-
donida nimsarlavhalar va ARQ teskari aloqa xabarlari mavjudligi 
haqida axborotlar keltiriladi.
O‘OSS AU BSdan “yuqoriga” kanalda o‘tkazish polosasini 
ajratish yoki oshirish haqida so‘ralgan hollarda qo‘llaniladi. Bun-
da sarlavha CID va talab qilinadigan polosaning o‘lchami (fizik 
paketlar sarlavhalarini hisobga olmasdan, baytlarda) ko‘rsatiladi.
Ma’lumotlar maydoni MAS nimsarlavhalari, boshqaruvchi xabarlar 
va CS nimdarajada o‘zgartirilgan yuqori darajalar ilovalari ma’lumot-
laridan iborat. MAS nimdarajalari beshta turda qadoqlash, fragmen-
tatsiya, kanalning taqdim etilishini boshqarish, shuningdek, Mesh – 
tarmoq nimsarlavhalari va tez teskari aloqa kanali 
(ingl. Fast Feedback)
bo‘lishi mumkin. Boshqaruv chi xabarlar bu IEEE 802.16 tizimini aso-
siy boshqarish mexa nizmi hisoblanadi. Ular orqali barcha boshqarish, 
ruxsat etishni taqdim etish, so‘rov va tasdiqlash (masalan, paketlar 
trafiklari tavsifi, ruxsat etishni boshqarish, kriptohimoya mexanizm-
lari, tizim ishini dinamik o‘zgartirish va boshqalar) ishlatiladi. “past-
ga”/”yuqoriga” kanallar kartalari ham (UL-MAP/DL-MAP) bosh-
qaruvchi xabarlar hisoblanadi. Umuman 256 turdagi boshqaruv chi 
xabarlar zaxiralangan, ulardan 48 tasi ishlatiladi. Boshqaruvchi xabar-
lar formati oddiy bo‘lib, u xabar turi maydoni (1 bayt) va ixti yoriy 
uzunlikdagi ma’lumotlar (parametrlar) maydonidan iborat.
IEEE 802.16 standartida so‘rov bo‘yicha kanalga ruxsat etishni 
taqdim etish uslubi ishlatiladi 
(ingl. Demand Assigned Multiple Ac-
cess, DAMA)
. Bunda kanalga ruxsat etish AUdan oldindan so‘rov 


435
bo‘yicha faqat tayanch stansiya tomonidan taqdim etildi. Bunda TS 
AAUga “yuqoriga” kanalda vaqt intervalini ajratadi va uning UL-
MAP kartadagi joylashishini ko‘rsatadi, AUning boshlang‘ich init-
sializatsiyasi va kanalga so‘rov aniq ruxsat etish mexanizmi asosida 
ular uchun maxsus ajratilgan vaqt intervallarida amalga oshadi. TS 
AUga SFID servis oqimi turiga bog‘liq ravishda kanalga ruxsat etish 
vaqtini va davomiyligini tayinlaydi. AU ham kanaldagi ma’lum polo-
sa o‘lchamini so‘rashi, ham unga berilgan kanal resursini o‘zgartilishi 
haqida so‘rashi mumkin. Aniq AUning kanal resursi AU tomoni-
dan maxsus boshqaruvchi xabarlar yordamida yoki kanal resurslariga 
barcha AUlardagi zarurat borligiga TS tomonidan so‘rovlar 
(ingl. 
polling)
orqali navbatdagi ulanishda o‘zgarishi mumkin.
Standartda ikkita har bir alohida bog‘lanish uchun va ma’lum 
AUning barcha ulanishlar uchun ruxsat etish rejimlari ko‘zda 
tutilgan. Birinchi rejimda kanal resurslaridan foydalanishda katta 
ixchamlik va tejamkorlik ta’minlanadi. Ikkinchi rejim xizmat ax-
borotlari sig‘imini sezilarli kamaytiradi va alohida AU uchun QoS 
yagona darajasini kafolatlaydi.

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin