Raqamli mobil aloqa


QoS — xizmat ko‘rsatish sifati



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə231/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   289
Raqamli mobil aloqa

30.3. QoS — xizmat ko‘rsatish sifati
IEEE 802.16 standartida QoS parametrlari ma’lumotlarni uza-
tish bo‘yicha ma’lum xizmat ko‘rsatish darajalari bilan 
(ingl. Data 
Delivery Service, DDS)
asoslanadi. DDS darajalari quyidagilarga 
bo‘linadi:

servisni so‘zsiz taqdim etish 
(ingl. Unsolicited Grant Service
UGS)
ma’lum davriylik shakllantirilgan turg‘un o‘lchamlardagi 
paketlardan iborat ma’lumotlar paketlarini real vaqt rejimida uza-
tish uchun mo‘ljallangan (masalan, T1/E1 tovush kanallari yoki 
“IP bo‘yicha tovushlar” (VoIP) kanallari);

real vaqt ko‘lamida servisni taqdim etish 
(ingl. Real Time 
Variable Rate, RT-VR)
ma’lum davriylikda shakllantirilgan o‘zga-
ruvchan o‘lchamli paketlarning uzatilishini ko‘zda tutadi;

shuningdek, “Real vaqt ko‘lamida servislarni kengaytiril-
gan taqdim etish” 
(ingl. Extended Real-Time Variable-Rate, ERT 


436
– VR)
qo‘shimcha darajasi mavjud. ERT–VR darajasi UGS va 
RT-VR xizmatlarning kombinatsiyasi hisoblanadi. Uning vazifa-
si kafolatlangan uzatish tezliklari va kechikish vaqti qiymatlarini 
talab qiladigan, lekin o‘zgaruvchan tezlik bilan xarakterlanadigan 
yuqori ilg‘or ilovalar hisoblanadi (masalan, IP telefoniya);

real bo‘lmagan vaqt ko‘lamida servisni taqdim etish 
(ingl. 
Non Real-Time Variable-Rate)
minimal uzatish tezliklarini talab 
qiladigan va o‘zgaruvchan o‘lchamlarni paketlarga ega bo‘lgan,
vaqt kechiktirishlariga kritik bo‘lmagan ma’lumotlarni uzatish 
uchun foydalaniladi (masalan, FTP fayllari);

“Imkoniyat bo‘yicha” servis 
(ingl. Best Effort, BE)
kafolat-
langan uzatish kanallarini talab qilmaydigan va ularni bo‘sh slot-
lar paydo bo‘lishi bo‘yicha uzatish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar 
oqimini uzatish uchun mo‘ljallangan.
IEEE 802.16 standarti “mobil” versiyasining paydo bo‘lishi 
WiMAX tarmoqlarida o‘z talablarini va QoS xizmat ko‘rsatish 
sifatiga talablarni aniqlashtirdi. Radioruxsat etish tarmog‘i yuqori 
o‘tkazish qobiliyati, asimmetrik “pastga”/”yuqoriga” trafik xiz-
mat ko‘rsatish imkoniyati, kanallarni kasrlashtirilgan tuzilmasi va 
kanal resurslarini taqsimlashning ixcham mexanizmi turli ilovali 
va servisli “mobil WiMAX”ning samarali ishlashini ta’minlaydi.
IEEE 802.16e standartida QoS xizmat ko‘rsatish sifati MAS 
darajadagi servis oqimlari hisobiga ham ta’minlanadi. 

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin