Raqamli mobil aloqa


•  “xendover” boshlanishi haqida qaror va dasturni ishga  tushirish; •



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə238/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   289
Raqamli mobil aloqa

• 
“xendover” boshlanishi haqida qaror va dasturni ishga 
tushirish;

tanlangan TS bilan sinxronlashtirish;

tanlangan TS bilan bog‘lanishni o‘rnatish (ro‘yxatdan o‘tka-
zish);

xizmat ko‘rsatadigan TS bilan bog‘lanishni uzish.
AU “xendoverning” tugatilishini maxsus final xabari bi-
lan tasdiqladi, lekin final xabarini yuborishgacha istalgan mo-
mentda “xendover” jarayonini uza olmaydi. “Xendover” 
jarayonining boshlanishi haqidagi qarorni AU, xizmat ko‘rsa-
tadigan TS yoki tarmoqning boshqarish tizimi qabul qilishi 
mumkin. TS zarur AU kanal resurslari va QoS darajasini baho-
lash asosida “xendover”ni amalga oshirishi mumkin. AUga bu 
talablar xizmat ko‘rsatadigan va qo‘shni TS imkoniyatlariga ki-
radi. Agar xizmat ko‘rsatadigan TSning o‘z resurlari yetishmasa, 
ular qo‘shni TSda bo‘lsa, u holda u AUni qo‘shni TSga qayta 
ulanishiga majburlaydi.
31.4. Guruhli va keng-qamrovli uzatish
IEEE 802.16e standartida guruhli uzatish (kam hollarda, 
ko‘p nuqtali yoki ko‘p uzatishli) tushunchasi 
(ingl. Multicast)
va 
keng-qamrovli uzatish tushunchasi 
(ingl. Broadcast)
kiritilgan. 
Standartda bu tushunchalar birlashtirilgan va yagona MBS 
(ingl. 
Multicast and Broadcast Service)
atamasi ishlatiladi. U guruhli va 
keng-qamrovli uzatish xizmatlarini aniqlaydi. MBS xizmatlari ik-
kita bir saytli MBS (bir TSdan uzatish) yoki guruhli MBS (bir 
necha TSlardan uzatish) rejimlarida SFID taqdim etilishi mum-
kin va AU har ikkala rejimlarni qo‘llab-quvvatlashi kerak. MBS 
uzatishlar uchun ARQ teskari aloqa mexanizmi ko‘zda tutilma-
gan. Oldindan berilgan trafik xossalari va QoSli MBS transport 
oqimlariga servis oqimlari SFID va mos ravishda bog‘lanishlar 
CID identifikatorlari beriladi. Bu identifikatorlar bo‘yicha AU 
MBS xizmatlarni taniydi. Bunda agar guruhli uzatish xabarlarini 


448
bir necha AUlar inkor qila olsa, u holda keng uzatishli uzatish 
xabarlarini barcha AUlar qo‘llab-quvvatlashi kerak. MBS xa-
balarni AU “uyqu” va “kutish” rejimlarida ham qabul qila olish 
muhim hisoblanadi.
Guruhli MBS rejimida bir necha TSlar maxsus guruhni zonani 
(hududni) tashkil qiladi, uning barcha TSlariga MBS zonasi ning 
identifikatori beriladi. MBS zonasidagi barcha TS va AUlar yago-
na CID dan foydalanadi va barcha TSlar bir chastota kanalida 
MBS xabarlarni sinxron translyatsiya qiladi (LTEdan SFN bir 
chastotali tarmoqlarga o‘xshash). Bir saytli MBS rejimida MBS 
servisni olish uchun AU TSda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Gu-
ruhli MBS rejimida esa bunday ro‘yxatdan o‘tkazish talab qilin-
maydi. Bundan tashqari AU MBS zonasidagi hech bir TSda 
ro‘yxatdan o‘tkazilmasligi mumkin va bunda bu servisni olishi 
mumkin. Bunda AU tarmoqda bu servisni oluvchi sifatida ro‘y-
xatdan o‘tkazilishi yetarli bo‘ladi. AU haqidagi axborot tarmoq 
infratuzilmasi orqali tayanch stansiyalarga uzatiladi. Bunda MBS 
xizmatlarni oluvchini ro‘yxatdan o‘tkazish tarmoq darajasida 
amalga oshiriladi.

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin