Nazorat savollari:
1. WiMAX tizimlariga tavsif bering va WiMAX tizimlarining
qisqacha rivojlanish tarixini bayon eting.
2. WiMAX tizimi va IMT-2000 dasturi o‘zaro ta’sirlashadimi?
3. WiMAX va Wi-Fi tizimlarining farqi qanday?
4. WiMAX tizimlarining asosiy xarakteristikalarini keltiring.
WiMAX tizimlarining qo‘llanilish sohalarini bayon eting. WiMAX
tizimlarining qanday asosiy afzalliklari va kamchiliklari mavjud?
5. HiperMAN va WiBro standartlari haqida so‘zlab bering.
6. IEEE 802.16d standartiga qisqacha xarakteristika (tavsif)
bering.
449
32-bob. WiMAX TARMOG‘INI TASHKIL QILISHNING
O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI, ISHLASH REJIMLARI
VA PROFILLARI
32.1. WiMAX profillari
Umumiy holatda WiMAX tarmog‘i tayanch stansiyasi va abo-
nent uskunasi, shuningdek o‘zaro va boshqa umumiy ula nish
tarmoqlari bilan aloqa qiluvchi tayanch stansiyalaridan iborat
bo‘ladi. TS va AU orasida ulanish bir necha rejimda amalga
oshiriladi: doimiy (fiksatsiyalangan aloqa), seansli, ko‘chma va
mobil. WiMAX tizimi “oxirgi milya” muammolarini hal qi-
lish uchun va uzoqlashtirilgan obyektlar o‘rtasida keng polosali
simsiz aloqani ta’minlash uchun qo‘llaniladi. Tarmoqda hech
bo‘lmaganda bitta TS simli umumiy foydalanish tarmog‘iga
chiqish imkoniga ega bo‘lsa, BSlar o‘rtasida aloqa o‘rnatiladi.
IEEE 802.16 standartlar oilasining tarmoq tuzilishi an’anaviy
GSM tarmoqlarinikiga o‘xshash bo‘ladi. TS o‘n kilometr ma-
sofagacha signal uzatishni amalga oshiradi, TSlarni o‘rnatish
uchun baland ustun
(рус. вышка)
zarur emas – TSlarni uylar-
ning tomiga bir-biriga to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rinib turadigan qilib
o‘rnatish mumkin.
WiMAX standarti fizik pog‘onasiga tegishli barcha talab-
larga muvofiq ravishda amaliyotda “WiMAX profili” atamasi
qo‘llaniladi. Quyidagi rasmda ko‘rsatilgandek, bir necha WiMAX
profillari o‘zaro farqlanadi.
Bundan tashqari, sertifikatlangan profillar ham mavjud bo‘lib,
standartlar talablariga mos ravishda har xil uskunalarni serti-
fikatlash maqsadida foydalaniladi. Bunda “Plagfest”
(ingl. Plug-
fest)
deb nomlanuvchi uskunadan foydalanib sertifikatlangan
profillardan biri asosida WiMAX standartiga qo‘yilgan talablarga
mos holda WiMAX Forum laboratoriyalarida uskunalarni test-
lash amalga oshiriladi. Vaqt o‘tishi bilan WiMAX standartiga
tegishli bo‘lgan profilar takomillashib bormoqda.
|