462
WiMAX tizimining bosh xarakteristikalari orasida javob
kechikishining kam vaqti, yuqori axborot xavfsizligi, yuqori aloqa
sifati – QoS va radiochastota spektri uyg‘unlashtirilgan holda
“global rouming” imkoniyatlari ta’kidlanadi. WiMAX forumining
“rouming” bo‘yicha ishchi guruhi ham WiMAX tarmoqlari
orasida, ham IMT-2000 standartlariga asoslangan boshqa
tarmoqlar orasida “rouming” tashkil etishni spetsifikatsiyalarini
va biznes-modelini e’lon qilmoqchi. Shuningdek, WiMAX forumi
simli va simsiz interfeyslar bazasida operatorlarga bir turkum va
sifat darajasida xizmatlar taklif etishga imkon beradigan WiMAX
tarmoqlari bilan mavjud ma’lumot uzatish tarmoqlari va IMS
ning yangi arxitekturasini qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashida
o‘zining faol vazifasini bajarmoqda.
Keyinchalik esa, mobil va keng polosali simsiz aloqa
tizimlarining konvergensiya an’anasi davom etaversa, global
miqyosda umumqamrov aloqani ta’minlashga qodir yangi,
chinakamiga universal standart paydo bo‘lsa ajab emas.
Dostları ilə paylaş: