Raqamli mobil aloqa


WiMAX tizimi va “raqamli tengsizlik”



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə247/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   289
Raqamli mobil aloqa

WiMAX tizimi va “raqamli tengsizlik” 
(
ingl. Digital Gap
) muammosi
Axborotlarga ega bo‘lishlik jamiyatning kengroq iqtisodiy va 
ijtimoiy rivojlanishiga imkon yaratishi hech kimga sir emas. 1984- 
yildan boshlab dunyo hamjamiyati rivojlanayotgan mamlakatlarda 
telekommunikatsiyalar infratuzilmasi qoloqligi ularning iqtisodiy 
o‘sishi uchun to‘siq bo‘layotganligini ta’kidlay boshladi. 1996-yilda 
HTI BMT boshchiligida rivojlanayotgan davlatlarda axborot va 
kommunikatsion texnologiyalar (AKT)ning asosiy xizmatlariga 
umumiy ulanishni taqdim etishga va “axborot kambag‘alligi” 
ta’sirini qisqartirishga yo‘naltirilgan “Aloqaga huquq” (
ingl. “The 
Right to Communicate“
) deb nomlangan loyihani olg‘a surdi. 
Ushbu maqsad hozirgi kunda axborot hamjamiyati masalalari 
bo‘yicha Butundunyo Sammiti – WSIS (
ingl-n World Summit
on the Information)
2003-yilning dekabrida Jeneva shahrida 


463
o‘tkazilgan WSISning birinchi Sammitida “Raqamli tengsizlik” 
deb axborot va kommunikatsion texnologiyalarga tengsiz ulanish 
imkoniyatlari nazarda tutildi. AKT ga tengsiz ulanish deganda, 
birinchi navbatda davlatlar orasidagi farq (xalqaro raqamli 
tengsizlik), masalan, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar 
yoki hududlar orasidagi farq tushuniladi. Shuningdek tengsiz 
ulanish davlatlar miqyosidagi (milliy raqamli tengsizlik) jarayon 
sifatida ham aniqlanadi. Bunda qishloq va shahar orasidagi, 
oliy ma’lumotli hamda kam ma’lumotlilar orasidagi, aholining 
kambag‘al va boy qatlamlari orasidagi farq tushuniladi [40]. 
Provayderlar va Internetdan foydalanuvchilar soni yoki turg‘un 
va mobil telefonlar soni kabi oldindan aniqlangan mezonlar 
asosida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida, shuningdek, rivojlangan 
va rivojlanayotgan davlatlarda so‘nggi yillarda bo‘layotgan 
o‘zgarishlarning tahlili asosida bu masalaning hozirgi ahvoliga 
turlicha baholar berildi. 
Bir tarafdan, ham davlatlararo, ham davlatlar miqyosidagi 
“Raqamli tengsizlik” o‘sib bormoqda, degan fikrlar bo‘lsa, 
boshqa tarafdan, aksincha boy va kambag‘al davlatlar orasida 
“Raqamli tengsizlik” qisqarmoqda, degan fikrlar bo‘ldi. 
Turli xalqaro tashkilotlar (HTI yoki Jahon banki guruhi) 
e’lon qilgan rasmiy hisob-kitoblarga murojaat qilinsa ma’lum 
bo‘ladiki, rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar orasida AKT 
ga ulanishdagi tengsizlik mavjud va hali ham jiddiy muammo 
bo‘lib turibdi. 
O‘zicha asosli bo‘lgan bunday qarama-qarshi fikrlarning 
mavjudligiga qaramasdan, ulanish imkoni borligi va uning sifati, 
ya’ni aloqa infratuzilmasining yaratilishi har xil davlatlarda 
AKT ni tezkor va ishonchli rivojlanishiga asosiy omillar deb 
hisoblanadi. 2005-yilda HTI “Raqamli tengsizlik”ni qisqartirish 
uchun hamkorlikni rivojlantirish maqsadida WSIS doirasida global 
darajada ko‘plab tashkilotlar tomonidan birgalikda o‘tkaziladigan 
“Olamni ulaylik” (
ingl. Connect the World
) deb nomlangan 
tashabbusni boshladi. 


464

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin