483
kenglikdagi polosalar) aynan yuqori diapazonlarda (ya’ni, 2GGs-
dan yuqori) ruxsat etiladi. Shuning uchun faqat past chastota-
li diapazonlarni o‘zlashtirish tarmoqlarning o‘tkazish qobiliyati
bo‘yicha talablarni qoniqtira olmaydi va amalda turli diapazon-
lardagi chastotalar polosalarini ishlatadigan kombinatsiyalangan
tarmoqlar o‘z o‘rniga ega bo‘lishi kutilmoqda.
34.1.3. 2,5GGs diapazoni
Bu diapazonda KSU tarmoqlarini qurish uchun AQSH alohida
qiziqish bildirilmoqda va bir necha nimdiapazonlar ajratilmoqda.
WCS nimdiapazoni
– bu WCS
(ingl. Wireless Communications
Service)
simsiz aloqa xizmatlari uchun ajratilgan 15MGs keng-
likdagi 2305MGs–2320MGs va 2345MGs–2360MGs diapazon-
lardagi chastotalar polosalari juftligidir.
Bu polosalar orasidagi 25MGs interval KSU tarmoqlari uchun
potensial interferensiya muammosi bo‘lgan raqamli radioeshitti-
rishga
(ingl. Digital Audio Radio Service, DARS)
ajratilgan. Bu
diapazonda oshirilgan spektral samaradorlikli texnologiyalar ma-
vaffaqiyatli bo‘lishi mumkin. Ular OFDM multiplekslash hamda
adaptiv modulyatsiya va kodlash asosidagi texnologiyalar hisobla-
nadi. AQSHda bu diapazondagi asosiy litsenziya egalari Verizon,
BellSouth, AT&T va Metricom kompaniyalari hisoblanadi.
I
Dostları ilə paylaş: