484
MMDS nimdiapazoni 2500MGs dan 2690MGs gacha diapa-
zondagi (IMT kengaytirish diapazoni) 6MGs dan kenglikdagi
31 ta kanalni o‘z ichiga oladi va shuningdek, o‘z tarkibida qayd
etilagan interaktiv televidenie
(ingl. Instructional Television Fixed
Service, ITFS)
xizmatlariga ega bo‘ladi. Dastlab bu spektr ye-
tarlicha o‘zlashtirilmagan edi, chunki televizion yo‘nalishga ega
bo‘lgan va AQSHda KSU tarmoqlarini rivojlantirish uchun ham
ajratilgan. Bu diapazonda asosiy chastota foydalanuvchilari Sprint
va Nextel kompaniyalari hisoblanadi. Yaqin bir necha yillarda
tahlilchilar bu diapazonda KSU bozorining o‘sishini aytishmoqda.
WiMAX Forumi o‘z qiziqishlarini litsenziyalanadigan 3,5GGs
polosalarga va litsenziyalanmaydigan U-NII 5GGs yuqori polo-
salariga yo‘naltirmoqda. Bu yerda interferensiya sathi past, sig-
nalning ruxsat etiladigan quvvatlari yuqori va o‘tkazish qobiliyati
keng bo‘ladi. Bu butun dunyoda WiMAX standartining yuqori
o‘sish sur’atlarini ta’minlaydi, shuning uchun bu polosalar poten-
sialroq bozorlar bo‘ladi va ishlab chiqarishning oshirilishi hisobiga
iqtisod qilishni ta’minlashga qodir bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: