Raqamli mobil aloqa


Boshqa davlatlardagi holat



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə263/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   289
Raqamli mobil aloqa

Boshqa davlatlardagi holat
Biz uchun avvalo, yaqin xorij davlatlari, birinchi navbatda Ros-
siya tajribasi qiziqarli bo‘ladi. Rossiyada KSU tizimlarini rivojlan-
tirish uchun ham uchta 2,5GGs, 3,5GGs, 5,8GGs chastotalar 
diapazonlari muhokama qilinmoqda [53].
2,4GGs diapazoni (aniqrog‘i 2,400GGs–2,483GGs) shaharlar-
da kuchli band va shahar tarmoqlari boshqa diapazonlarda quril-
moqda. WiMAX tarmoqlari uchun bu diapazondan foydalanish 
deyarli mumkin emas.
3,4GGs–3,6GGs diapazonda ham muammolar mavjud, chun-
ki u sun’iy yo‘ldoshli aloqa uchun aktiv ishlatiladi. O‘tkazilgan 
tadqiqotlar ma’lumotlarni uzatishga diapazondan foydalanish 
bo‘yicha cheklanishni o‘rnatdi va hozir bu diapazonda faqat 
500MGs polosaga ruxsat etiladi. Bunda sun’iy yo‘ldoshli segment 
ortadi, chunki u orqali boshqa aloqa turlariga yetarli bo‘lmagan 
Rossiyaning regionlari bilan strategik aloqa amalga oshiriladi. 


489
Shunday qilib, 5GGs (5,250GGs; 5,250GGs–5,350GGs va 
5,725GGs–5,850GGs nimdiapazonlar) Rossiyada eng o‘zlashtiri-
ladigan diapazon. Aynan shu yerda bu polosalarda boshqa xizmatlar 
ham (masalan, 5,725GGs–850GGs diapazondan radiorelestansi-
yalari foydalanadi) ishlashiga qaramasdan KSU tarmoqlari soni-
ning maksimal o‘sishi kutilmoqda. 6GGs (5,900GGs–6,400GGs) 
diapazonni o‘zlashtirish sekin ketmoqda.
Ma’lumki, to‘g‘ri ko‘rinish zonasidan tashqarida aloqani ta’min-
lashga yo‘naltirilgan 802.16d standartiga nisbatan ilgari surilgan yon-
dashuv qiziqarli hisoblanadi. Bu standart uchun hozir ishchi chas-
totaning pastki chegaralarini 1800MGs gacha yoki hatto 700MGs 
gacha kamaytirish ko‘rib chiqilmoqda, shuningdek, kanal ichida 
nimdiapazonni tanlash imkoniyati qo‘llanilgan, ya’ni AU kichik 
nimkanallarda ishlashi mumkin (1,25MGs minimal kenglik).

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin