Raqamli mobil aloqa


Kanal darajasida xavfsizlik



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə266/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   289
Raqamli mobil aloqa

35.2. Kanal darajasida xavfsizlik
Kanalli daraja xavfsizligi algoritmlari AU va TS orasida IEEE 
801.16e interfeysi orqali amalga oshiriladigan muhim autentifikat-
siyalash, avtorizatsiya va shifrlash funksiyalarini bajaradi. Bu 
funksiyalarni xavfsizlik uyushmasidan (assotsiatsiyasidan) tushun-
chasini tushuntirishdan boshlab atroflicha ko‘rib chiqamiz.
Xavfsizlik uyushmasi
Xavfsizlik uyushmasi — SA 
(ingl. Sekurity Association)
WiMAX 
radio ulanish tarmog‘i orqali himoyalangan ulanishni ushlab tu-
rish uchun TS va unga ulangan bir yoki bir necha AUlar orasida 
ajratilgan himoyalangan axborotlar to‘plami sifatida aniqlanadi.
SA xavfsizlik uyushmasi ikki turga bo‘linadi:
I. ASA 
(ingl. Authorization Sekurity Association)
— avtorizatsiya 
uchun xavfsizlik uyushmasi.
II. DSA (
ingl. Data Sekurity Association)
— ma’lumotlar uchun 
xavfsizlik uyushmasi.
I. ASA avtorizatsiya uchun xavfsizlik uyushmasi TS va AU 
uchun bir vaqtda ishlatiladi, ya’ni TS va AUni bir ASA ajra-
tib turadi. TS ASAni keyingi DSAni kofiguratsiyalash uchun 
ishlatadi. 
II. DSA ma’lumotlar uchun xavfsizlik uyushmasi uch turga 
bo‘linadi:

birlamchi DSA 
(ingl. Primary DSA);

statik DSA 
(ingl. Static DSA);

dinamik DSA 
(ingl. Dynamic DSA).


494
Birlamchi DSA AUga initsializatsiya jarayoni vaqtida (ya’ni, 
birlamchi autentifikatsiyalash va muallashtirishda) o‘rnatiladi. 
Abonent uskunasi muvaffaqiyatli initsializiyalangandan keyin 
TS unga statik DSAni taqdim etadi. Dinamik DSA ma’lumotlar 
oqimlari uchun zarurat bo‘yicha o‘rnatiladi va o‘chiriladi. Har 
bir AU har bir vaqt davrida bir necha ma’lumotlar oqimlariga va 
mos ravishda bir necha dinamik DSAlarga ega bo‘lishi mumkin. 
AUni avtorizatsiyada tayanch stansiya mos DSAlar so‘raladigan 
servislar turlari bilan mosligiga ishonadi.

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin