36.2. Xabarni axborot qismini shifrlash
Yakunda qolgan CTR bloklardan har bir n bloklar (no-
linchi MAS kodni shifrlashda ishlatilgan) TSHK kalit
qo‘llaniladigan AES-CTR rejimda shifrlanadi. Keyin natija
xabarning axborot qismidan “XOR” operatsiyada qo‘shiladi
(36.4-rasm).
Axborot qismi (ochiq matn)
Axborot qismi (ochiq matn)
Generic MAC
Header
Generic MAC
Header
paket raqami
Matnni shifrlangan
axborot qismi
Matnni shifrlangan
axborot qismi
Shifrlangan
MAC
CRC
CTR rejimida
AES shifrlash
TEK kaliti
CRC
1, 2......n
Counter-bloklar
36.5-rasm.
Xabarni axborot qismini shifrlash.
Shifrlangan MAS-kodli, ma’lumotlar paketi nomerli, GMH
sarlavhali va CRC nazorat yig‘indili shifrlangan matn PHY fizik
darajaga jo‘natiladi. Bunda DESdagi kabi GMH sarlavhada ES
maydanda 1 o‘rnatiladi, EKS maydonda esa foydalanilgan TSHK
kalitning
(ingl. TEK)
indeksi ko‘rsatiladi.
506
Xavfsizlikning tarmoq aspektlari
Tarmoq darajasida bo‘lib o‘tadigan xavfsizlik funksiyalarini
ko‘rib chiqamiz. 36.6-rasmda ulanishni nazorat qilishning ar-
xitekturasi ketirilgan.
EAP kengaytirilgan autentifikatsiyalash protokoli oxirgi foy-
dalanuvchi va autentifikator orasida murakkab autentifikatsiya
protokollarini almashtirishga imkon beradigan ixcham karkas
hisoblanadi. WiMAX (IEEE 802.16e) tizimlarida TS va AU
orasida EAP protokol PKMv2 protokolidan foydalanish bilan
PHY va MAC darajalarning ustida ishlaydi. Agar autentifikat-
siyalash funksiyasi TSning o‘zida ko‘zda tutilmagan bo‘lsa,
unda TS autentifikatsiyalash protokolini autentifikatorga (ASN
shlyuz
ga) qayta yuboradi. Autentifikatordan EAP protoko-
li RADIUS protokoli bo‘yicha autentifikatsiyalash serveri-
ga uzatiladi. RADIUS protokoli keng foydalaniladigan stan-
dart hisoblanadi, “kliyent-server” arxitekturaga ega va UDP
protokoldan foydalanadi. Shunday qilib, autentifikatsiyalash
serveri RADIUS server hisoblanadi, autentifikator esa RADI-
US kliyent rolini bajaradi. Autentifikatsiyalashga qo‘shimcha
ravishda RADIUS server avtorizatsiya va hisobga olish funksi-
yalarini qo‘llab-quvvatlaydi.
EAP
EAP
WiMAX kanalli darajasi
AAA Radius
Mobil
stansiyasi
(MS)
Autentifikator
Autentifikator
serveri
IP
muhit
36.5-rasm.
Ulanishni nazorat qilishning arxitekturasi.
|