127
nasining geometrik markaziga nisbatan radiusning to‘rtdan bir
masofaga o‘z joyidan siljishi qabul qilgich kirishidagi signal/
xalaqit nisbatining 10% kamayishiga olib keladi.
D/R qiymati o‘zaro xalaqitlarning belgilangan sathi bilan
aniqlanadi, D/R qiymatlari kamaygan holda, qabul qilishning
xalaqitbardoshligini yuqori darajada saqlash maqsadida maxsus
chora ko‘rish talab qilinadi.
Qabul qilishda xalaqitbardoshlikni oshirish usullaridan biri
yo‘naltirilgan antennalaridan foydalanishdir.
Masalan, AMPS (AQSH) tizimida yo‘naltirilmagan antenna
o‘rniga 3 ta 1200 antennalarni qo‘llash natijasida qabul qilgich
kirishidagi belgilangan signal/xalaqit nisbat chastotaviy parametrni
S=7
(
S=12
, yo‘naltirilmagan antennalar uchun) qiymatgacha
kamaytirish imkonini beradi (18.3-rasm).
Kanallarning taqsimlash usullaridan biri bo‘lib ikkilangan
struktura hisoblanadi. Bu usulning eng sodda qoidasiga binoan
BTSga
k, k+l, k+lS
nomerli kanallar to‘plami ajratiladi. Bu yerda
k stansiyalar guruhidagi BTS ning nomeri. Stansiyalar guruhidagi
turli xil to‘plamlar ishlatiladi, ya’ni
k= 1,2…C
Masalan, 3 raqam bilan belgilangan l=7 sotalarda 3,10,17,24...
va h.k. kanallar ishlatiladi.
Yo‘naltirilgan antennalari bor tizimda simvollararo xalaqitlarni
yo‘qotishning yanada samarali usullaridan biri – bu qo‘shni
kanallar antennalarini kerakli fazoviy sozlab yo‘naltirishdir.
Dostları ilə paylaş: