129
akslanish mumkin (ko‘p nurlilik), UQT tarqalishiga doir ko‘p
marta o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,
to‘lqinning so‘nishi sezilarli darajada faqat BTS antennasining
balandligi K ga bog‘liq va balandlikni oshirgan sari u kamayadi.
Bundan tashqari signalning quvvati antennalararo masofaga
bog‘liq ravishda deyarli bir xil o‘zgaradi.
KSAT ga bir tomondan o‘rindosh kanallar sotalarining o‘zaro
xalaqitlari tufayli va boshqa tomondan, kanallarda xalaqitlar
mavjudligi sababli hosil bo‘ladigan tizim ichidagi xalaqitlar ham
mansub. O‘zaro xalaqitlar sathi tarmoqning tanlab olingan C va D
parametri bilan aniqlanadi. Bu parametrlar aniq berilgan o‘tkazish
imkoniyatida va belgilangan chastota polosasida xalaqit qiluvchi
stansiya sonini aniqlash imkonini beradi. Agar BTS larning
umumiy soni uncha katta bo‘lmasa, ya’ni L sezirarli ravishda
S kattalikdan oshmasa, unda tizim ichida bitta yoki bir nechta
xalaqit qiluvchi stansiya bo‘lishi mumkin.
Tizim ichida o‘zaro xalaqitlarni hisoblashning har xil turdagi
uslublari mavjud. Bunday uslublar bilan hisoblash natijalari deyari
bir xil.
Bunday hisoblash tahlili shuni ko‘rsatadiki, xalaqitga
bardoshlikni oshirish va spektrdan samarali foydalanish uchun
BTS dagi abonentlarni 1200 yo‘naltirilgan qilib o‘rnatish
maqsadga muvofiqdir. Bunday vaziyatda oltiburchakli sotaning
bir burchagida joylashtirilgan har bir BTS ga uch sektorli antenna
o‘rnatiladi, natijada birdaniga uchta sotani bitta BTS qoplaydi. Har
bir sotadagi uchta BTS ning uch sektori mos kelganligi tufayli BTS
larning umumiy soni tizimdagi sotalar soniga tengdir. Yomonroq
holatda, ya’ni MS olti burchakli sotaning bir burchagida joylashib
qolgan paytda S=1 qabul qilgich kirishidagi signal/xalaqit nisbati
1,7 dB kattalikkacha oshadi.
Umuman olganda, yo‘naltirilgan nurlanish KSAT dagi o‘zaro
xalaqitlarni kamaytirishning samarali chorasidir.
AQSHda raqamli texnologiyalar rivojlanishining boshlani-
shiga
Dostları ilə paylaş: