133
tions)
ishlab chiqildi. Kichik quvvatli nurlanishni (10–25mVt)
va abonent uskunalarining juda yuqori zichlikda joylashuvi-
ni ta’minlay olgan DECT standarti ETSI instituti tomonidan
1992-yilda tasdiqlandi. Bu texnologiyaning keng joriy etilishi
1995-yilda birdaniga 2 millionga yaqin terminallar sotilganidan
so‘ng boshlanib ketdi [16].
U davrda bir necha yillardan keyin DECT standarti simsiz tele-
foniya bozorini deyarli to‘liq egallab olishiga ko‘pchilik ishonmas
edi. 2001-yilga kelib, raqamli simsiz telefonlar soni taxminan 50
millionni tashkil etib, analog simsiz telefonlardan (45 mln) o‘zib
ketdi.
Simsiz telefoniyaning keyingi rivojlanishi sotali aloqa tarmoq lari
(pikosotalar va femtosotalar) bilan birikib ketish yo‘lidan boradi
va mobil aloqa tizimlarida o‘zaro bir-birini to‘ldirib boradi.
Dostları ilə paylaş: