Raqamli mobil aloqa


Yo‘ldoshli aloqa tizimlari



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   289
Raqamli mobil aloqa

8.3. Yo‘ldoshli aloqa tizimlari
Yo‘ldoshli aloqa tizimlarini (YAT) boshqa HRT tizimlaridan 
ajratib turadigan qator o‘ziga xos xarakteristikalari bor. Masalan, 
yo‘ldoshli aloqa aniq bir joyga deyarli bog‘lanmagan va Yer sir-
ti aloqa tizimlariga taqqoslanganida juda katta xizmat ko‘rsatish 
hududiga ega. U olis, borish qiyin joylarda samarador, ba’zan esa, 
yagona aloqa turi bo‘lib qolmoqda.
YAT turli belgilar bo‘yicha sinflarga bo‘linadi. Vazifa-
si bo‘yicha ular harbiy, fuqaroviy, davlat yoki tijorat; Yer 
usti (abonent) stansiyalari turi bo‘yicha statsionar yoki mobil 
bo‘lishlari mumkin. Taqdim etiladigan xizmatlar bo‘yicha YAT 
ovoz (radiotelefon) aloqasi, ma’lumotlarni paketli uzatish yoki 
obyektlarning joylashishini aniqlash xizmatlari bilan ajratiladi.
Shuningdek, YAT o‘zlarining ishchi orbitalari balandligi 
bo‘yicha sinflarga bo‘linadi. Hozirgi vaqtda qo‘llanilayotgan 
YAT tizimlari quyidagilar: yuqori orbital 
(yoki geostatsionar, 
ingl. GEO)
— 40 ming kilometr balandlikdagi doiraviy orbitali 
tizimlar, o‘rta orbital 
(ingl. MEO)
— 5—15 ming kilometr ba-


134
landlikdagi tizimlar va past orbital 
(ingl. LEO)
— 700—1500 
kilometr balandlikdagi tizimlar.
YAT rivojlanishi XX asrning 70-yillaridan boshlanib, dastlab 
orbitaga Marisat geostatsionar koinot apparati (KA) chiqarilgan-
dan keyin avj oldi. Dastlabki mobil Yer stansiyalari (ES) maxsus 
qo‘llanish tizimlari sifatida (dengiz, havo, avtomobil, temiryo‘l 
transportlari uchun) ishlab chiqildi va foydalanuv chilarning chek-
langan soniga mo‘ljallangan edi. Aloqaning ishonchliligi yuqori 
bo‘lmadi, chunki harakatdagi obyektlarning energiya ta’minoti 
past edi va murakkab mahalliy relyeflarda hamda joyning kichik 
ishchi burchaklarida aloqaning barqaror ligini ta’minlash qiyin 
edi. Birinchi avlod Yer stansiyalari (Inmarsat-A standarti) max-
sus va korporativ tarmoqlarni yaratish uchun mo‘ljallandi.
Harakatdagi YAT sohasida revolyusion o‘zgarishlar 90-yillar-
ning boshlarida bo‘lib o‘tdi va bunday o‘zgarishlarga quyidagi 
uchta omil sabab bo‘ldi:

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin