Raqamli mobil aloqa


-bob. HRTNING VAZIFASI VA XIZMAT KO‘RSATISH



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   289
Raqamli mobil aloqa

9-bob. HRTNING VAZIFASI VA XIZMAT KO‘RSATISH 
ZONASINING O‘LCHAMI
9.1. Kanallarni chastota bo‘yicha ajratish bilan ko‘p stansiyali 
foydalanish KCHAKF(FDMA)
Ko‘p stansiyali foydalanish tushunchasi — bu belgilangan 
tizimga ajratilgan chastota va vaqt bo‘ylab resurs ko‘lamida 
ko‘pchilik foydalanuvchilarning parallel ishlashini ta’minlashga 
qaratilgan chora-tadbir amallarining majmuasi nazarda tutiladi. 
Ya’ni, ko‘p sonli stansiyalarning bitta foydalana olish kanaliga bir 
vaqtda muro jaat qilish imkoniyati nazarda tutiladi. Har bir abo-
nentni qan daydir fizik kanal bilan tenglashtiradigan bo‘lsak, unda 
aniq ko‘p stansiyali foydalanish texnologiyasi cheklangan chastota 
va vaqt bo‘ylab resurs kanallarga taqsimlash usuli deb aytishimiz 
mumkin. Faraz qilaylik, s(t) – signal bo‘lsin va uning bilan i — 
aloqa kanali hosil bo‘lgan (i=1,2,...,k, bu yerda, k — aloqa tizimi 
kanallarining to‘la soni). Fizik tarqalish muhitning chiziqli mode-
liga amal qilib, deyarli sezilarli bo‘lmagan ko‘pnurlilik effektini 
nazarga olmasak va hamroh bo‘lgan n(t) shovqinni additiv desak, 
unda qabul qilish tomonidan kuzatiluvchi tebranishni t — sig-
nalning tarqalish trassadagi so‘nish va ushlanib qolish shaklida 
ko‘rsatish mumkin. Qabul qilish tomonga qo‘yiladigan masala – 
bu aniq abonent xabarini ajratib olishdan iboratdir, buning ustiga 
chetidagi signallar xalaqit beruvchilar rolini o‘ynaydi. Ma’lum-
ki, signallar superpozitsiyasidagi har qanday komponentalarni 
chiziqli seleksiyalash uchun boshqa komponentalar ta’siridan xoli 
etishdan tashqari hamma signallarning yetarli darajada chiziqli 
erkinligi ham zarur. Chiziqli erkin bo‘lgan ortogonal signallar 
oddiy korrelyatsion qabul qilgich vositasida o‘zaro xalaqitsiz ajra-
tiladi. Kanalli signallarning ortogonalligini ularning chastotaviy va 
vaqt bo‘yicha joylashtirilishi hisobiga yoki mos kodlashtirish bilan 
ta’minlash mumkin. Shunga asosan ko‘pchilik tomondan foyda-
lanish uslublarining klassifikatsiyasi ham belgilangan. 


137

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin