138
axborotni teskari yo‘nalishda uzatish uchun ishlatiladi (teskari qay-
tish kanali). Shunday qilib, dupleks chastotalar
orasidagi ajrati lish
45 MHz ni tashkil qiladi. Har bir chastotaviy kanalga
D
fp, =30
kGts polosa tayinlanadi, va shuning bilan himoya intervallarini hi-
sobga olgan holda ajratilgan diapazon ko‘lamida 832
kanallar joy-
lashtiriladi va ularga 1 dan 799 gacha va 991 dan 1023 gacha no-
merlar beriladi.
To‘g‘ri (pastga yo‘nalish) kanallar chastotalari spektral ajratilish-
ga ega bo‘lishidan qat’i nazar bu kanallar ning o‘zaro ta’sirlashini
yo‘qotish faqat nazariy jihatdan amalga oshirilishi mumkin. Amalda
esa kanallararo (tizimlar ichidagi) xalaqitlarning paydo bo‘lishidan
qutulib bo‘lmaydi. Masalan, qabul qilgichdagi
ajratish filtrlarining
noidealligi tufayli biror kanaldagi signal energiyasining qismi boshqa
kanalga sizib o‘tadi. Kanallararo xalaqitlarning ta’sirini kuchsizlan-
tirishni signallar ustida manipulyatsiyaning (“polosadan tashqari”
nurlanishini kamayti rish) va filtrlarning (qo‘shni kanalda xalaqitni
yo‘qotish) tegishli sini tanlash bilan amalga oshirish mumkin. O‘za-
ro xalaqitlarning sathini pasaytirish usullaridan biri bo‘lib
chastotali
kanallar ning orasiga himoya intervallarini kiritish hisoblanadi, ammo
bu aloqada foydalaniluvchi chastota polosasining torayishiga, ya’ni
spektrning foydalanish samaradorligining pasayishiga olib keladi.
Shuni qayd etish lozimki,
dupleks aloqada, jiddiy qaralganda,
ikkita f
p
polosalari foydalaniladi, biri to‘g‘ri va ikkinchisi teskari
yo‘nalish kanallarga mo‘ljallangan.
Dostları ilə paylaş: