• S450
(450MGs diapazonda ishlagan, 1984-yilda ishga
tushirilgan)
– asosan Germaniya va Portugaliyada foydalanilgan;
• RTMS 101H
(ingl. Radio Telephone Mobile System — “Ra-
diotelefon mobil tizimi”, 450MGs diapazonida ishlagan, 1985-yilda
ishga tushirilgan)
- Italiyada ishlab chiqarilgan va foydalanilgan;
• Radiocom 2000
(170MGs, 200MGs, 400MGs dipazonlarida
ishlagan, 1985-yilda ishga tushirilgan)
— Fransiyada ishlab chiqa-
rilgan va foydalanilgan;
• NTT
(ingl. Nippon Telephone and Telegraph System — “Ya-
poniya telefon va telegraf tizimi”, 800–900MGs diapazonlarida
uchta variantda ishlatilgan, 1986-yilda ishga tushirilgan)
– Ya-
poniyada ishlatilgan.
Barcha analog standartlarda ovozni uzatish uchun chasto-
taviy modulyatsiya (CHM) yoki fazaviy modulyatsiya (FM)
ishlatilgan, boshqarish signallarini (yoki signalizatsiyani) uza-
tish uchun esa chastotaviy manipulyatsiyadan foydalanilgan.
Turli kanallarda axborot uzatish uchun chastota spektrining
turli qismlaridan foydalanilgan. Turli standartlarda 12,5kGs-
dan 30kGsgacha bo‘lgan polosalarda FDMA usulidan foyda-
lanilgan. Analog tizimlarning asosiy kamchiligi ham aynan shu
bilan bog‘liq edi, ya’ni ajratilgan polosada chastota bo‘yicha
156
kanallarni ajratish chastota resurslaridan samarali foydalanish
imkonini bermas edi va shu bilan birga, abonent sig‘imi ham
nisbatan kichik bo‘lishiga sabab bo‘lar edi. Ko‘p sonli o‘zaro
mos bo‘lmagan standartlarning mavjudligi ham jahonda sotali
aloqa xizmatlarini ommalashishiga xalaqit berdi.
Tranking radioaloqa tizimlari UQTda ishlovchi radial-zonali
ko‘chma (harakatdagi) radioaloqa tizimlari bo‘lib, ulardagi retrans-
lyatorlar aloqa kanallarining abonentlararo avtomatik taqsimlanishi
amalga oshiriladi. Bunday tizimlar eng avvalo turli xil muassasa
va korporativ aloqa tarmoqlarni yaratishga qaratilgan bo‘lib, ular-
da abonentlarning guruhiy aktiv aloqa rejimi qo‘llanilishi ko‘zda
tutilgan. Tranking tizimi turli mamlakatlarning harbiy kuchlari,
huquqni himoya qilish muassasalari, jamoa xavfsizligi xizmatlari,
transport va energetik kompaniyalar tomonidagi harakatdagi abo-
nentlarning o‘zaro, statsionar va telefon tarmog‘i abonentlari bilan
aloqa qilishini ta’minlash maqsadida keng foydalaniladi.
Portativ
radiostansiya
Statsionar
radiostansiya
Dispetcher pulti
Dispetcher pulti
Avtomobil
radiostansiya
Ma’lumot uzatish
terminali
TAYANCH
stansiya
Boshqarish
qurilmasi
Texnik xizmati ko‘rsatish va ishlatish
terminali
paketlarni
kommutatsilovchi
tarmoq
Umumiy
foydalanish
telefon tarmog‘i
radiosignallarni birlashtiruvchi qurilma
SKP interfeysi
UFTP interfeysi
kommutator
Retransalvator
Retransalvator
SKP interfeysi
10.1-rasm.
Bir zonali tranking tizimining umumlashtirilgan
strukturaviy sxemasi.
157
10.1-jadval
Dostları ilə paylaş: |