171
oshirishga tayyor bo‘lish uchun kerak bo‘ladi. Uning ketidan 16
ta bit dan tashkil topgan “0” bilan tamom qiluvchi “1” va “0”
meandrli ketma-ketlikdagi preambula keladi. Preambula aloqa
kanalining taktli sinxronligini ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Undan keyin sinxron ketma-ketlik,
adres kodlari, ma’lumot-
ning bitta yoki bir nechta kodli so‘zlari majmuasidan
tashkil top-
gan jo‘natmalar (message) keladi. Signalizatsiya formati xabar
tarkibidagi kodli so‘zning oxirgi belgisiga qarab, “1” va “0” dan
iborat kelishuv (N) bilan yakunlanadi.
Sinxronlash davriyligi “Message” formatning sinxron ket-
ma-ketligi bilan ta’minlanadi va 16 bit dan tashkil topadi. 10.6-
rasmda ko‘rsatilganidek, boshqaruv kanali va aloqa kanalining
sinxron ketma-ketliklari har xil bo‘lib, ular bir-biriga inversli hi-
soblanadi. Sinxron ketma-ketilikdan keyin 64 bit dan tashkil top-
gan shartli kodli so‘z keladi.
Kodli so‘zlar adres yoki ma’lumotlarni tashishi mumkin. Ular bi-
rinchi bit bilan farq qiladi. Bunday holatda, agar “1” uzatilsa, adresli
kodli so‘z, “0” uzatilganda esa kodli so‘zda ma’lumotlar uzatiladi.
Axborot maydoni ikkinchi bitdan boshlanib, 48 da tamom bo‘ladi.
Message blokidagi oxirgi 16 bit, 49 dan boshlab,
tekshiruvchi hi-
soblanadi va xatolarni nazorat qilish uchun xizmat qiladi.
Tranking aloqa tizimining tayanch stansiyasi kontrollyori va
uning radiointerfeysi MRT 1347 standartiga javob beradi, abo-
nentlik uskunasi esa MRT 1343 standarti talablariga javob beradi.
MRT 1347 standartiga asosan radiosignallarni shakllantiruvchi
tayanch stansiya uzatgichining chastota tarqoqligi 12.5 kHz dan
oshmasligi lozim. Quyidagi 201.2125 MHz dan 207.4875 MHz
gacha bo‘lgan chastota diapazonda qabul qilingan kanallarning
nomerlanishi 58 dan boshlanib 560 da tugaydi.
Chastotaning absolyut barqaror bo‘lmaganligi
±
1 kHz dan, de-
viatsiyasining esa maksimal og‘ishi
±
2.5 kHz dan oshmasligi ke-
rak. Nutq xabarlarini uzatishda
fazali modulyatsiyalash, raqamli
xabarlarni uzatishda esa tonal quyi eltuvchisi va FFSK modulyat-
siya qo‘llaniladi.
172
Raqamli xabarlarni uzatishda, standart modulyatsiyalash
(o‘lchamlarining/parametrlarining) quyidagi talablarga javob be-
rishini ko‘zda tutadi:
1. Kanal polosasida signalning sathi minus 35 dB dan oshmasli-
gi lozim;
2. Uzatish tezligi 1200 bit/s ga teng;
3. Quyi eltuvchi chastota “0”ni uzatishda 1800 Hz, “1” uza-
tishda 1200
Hz ga mos keladi;
4. Modulyator AChXning notekisligi 1.5 dB dan kam bo‘lishi kerak;
5. Chastotalarning maksimal og‘ishi:
* normal sharoitda —1.5 kHz
±
250 Hz;
* chekli qiymatlari 1.56 kHz
±
500 Hz.
Tayanch stansiyasining qabul qiluvchi qurilmasi chastotaviy
farqlanishi 12.5 kHz bo‘lganda signalni 58 dan 560 gacha bo‘lgan
kanallarning birida 193.2125 — 199.4875 MHz li diapazonida qa-
bul qiladi. Chastotalarning mutloq beqarorligi (noturg‘unligi)
±
1
kHz dan oshmasligi 300 Hz — 2.55 kHz polosada AChX notekis-
lik esa
±
3 dB dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Abonentlik stansiyani radiointerfeysiga bo‘lgan talabni aniqlov-
chi MRT1343 standarti tayanch stansiyasi radiointerfeysiga qo‘yil-
gan, qayd qilingan talablarga,
±
1.5 kHz gacha yo‘l qo‘yiladigan
chastotalar beqarorligi (noturg‘unligi)dan tashqari mos keladi.
Tranking tizimi so‘zlashuv xabarlari ma’lumotlarini radiokanal-
larda uzatish MRT protokollari bilan kelishilgan, ma’lumotlar
terminali, EHM va boshqa raqamli tizimlarni radiostansiyaga
ulashga yo‘l qo‘yuvchi MAP (Mobil Access Protocol) (10.7-rasm)
protokolidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Raqamli
tranking aloqa, konvensional va tranking radioalo-
qaning klassik analogli tizimlar rivojlanishining tabiiy taraqqi yot
bosqichi hisoblanadi. Raqamli texnologiya analogli radioaloqa
tizimlarida bajarish mumkin bo‘lmasa, professional mobil radio-
aloqani yangi sifatli darajaga ko‘tarish imkonlarini beradi.
Ericsson firmasi tomonidan ishlab chiqilgan EDACS
(Enhanced
Digital Access Communication System)
standarti eng birinchi
173
raqam li standartlardan biri hisoblanadi. Dastlab so‘zlashuv (nutq)
ni analogli uzatish uchun ishlab chiqarilgan bo‘lib,
keyinchalik
esa u kelib chiqqan talablarga muvofiq raqamli turga o‘zgartirildi.
EDACS standarti ham bir zonali, ham ko‘p zonali tizimlar
tuzishning imkonini beradi. Ular tayanch stansiyalari (BTS)dan,
tarqatilgan qabulning uzoqlashtirilgan punktlaridan, ko‘p stan-
siyali muvofiqlashtiruvchi (ko‘p zonali konfiguratsiya uchun) va
abonent qurilmasidan tashkil topgan. BTS tarkibiga qabul qi lish-
uzatish retranslyatori (RT) va boshqaruvning taqsimlangan qu-
rilmasi (BQ)ga qo‘shimcha markaziy boshqaruv kompyuteri, dis-
petcherlik pultlari va umumiy foydalanish telefon tarmoqlarining
UFTT interfeysi kiradi.
Standart MS va BQ o‘rtasidagi
kerakli axborot almashinuvi
uchun yuqori tezlikli (9.6 kbit/s) ajratilgan boshqaruv kanali (BK)
dan foydalanib, kanallarni chastotali bo‘lishni ko‘zda tutadi. BK
mavjudligi aloqa kanalini tez (masalan, bir zonali tizimda bu vaqt
0.25 s dan oshmaydi) tashkil etish imkonini beradi. Qayd qilish
lozimki, ishchi kanalda axborotni uzatish tezligi ham 9.6 kbit/s
mos keladi.
Abonent radiostansiyasi
BSC
radiostansiyasi
Ma’lumotlar
terminali
Kompyuter
MODEM
MODEM
MAP 27
MAP 27
MAP 27
MAP 27
SS
MS
Turg‘un radiostansiya
Dostları ilə paylaş: