183
nologiyasi hisoblanadi. Bu takomillashuv aloqa samarador-
ligini
oshirish, tarmoqlarni tashkil etishdagi sarf-xarajatlarni
kamaytirish, taqdim etiladigan xizmatlar darajasini ko‘tarish
va kengaytirish, shuningdek, mavjud
mobil va keng polosali
aloqa protokollari bilan o‘zaro ishlash kabilarni o‘z ichiga
oladi. Nazariy jihatdan LTE texnologiyasida ma’lumotlarni
”pastga” uzatish tezligi 326,4Mbit/sek gacha, “yuqoriga” esa
172,8Mbit/sek gacha yetishi mumkin. LTE standartining 8-
versiyasidagi (3GRR Rel.8) imkoniyatlari 4G talablarigacha
yetib bormagani tufayli so‘nggi paytlarda LTE ko‘pincha 3,9G
yoki Pre4G avlod mobil aloqa texnologiyalari deb atalmoqda.
11.6. 4G — to‘rtinchi avlod standartlari
Mobil aloqa dunyosini oldinda
yangi imkoniyatlarga ega
bo‘lgan texnologiyalar ishlanmalari kutmoqda. Hozirgi kun-
da o‘tkazilayotgan tajribalar natijalari 4G texnologiyalari
oldiga HTI tomonidan qo‘yilgan talablarga erishish mum-
kinligini tasdiqlamoqda. Masalan,
Yaponiyaning NTT Do-
CoMo kompaniyasi 2009-yildayoq mobil aloqa tarmoqlarini
sinash jarayonida ma’lumotlarni uzatishda 5Gbit/sek tezli-
giga erishdi va bunda MIMO texnologiyasini 12x12 ajratish
sxemasidan foydalandi, mobil stansiya esa 10km/soat
tezlik-
da harakatlandi [20].
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, 2002-yilda HTIning Radioalo-
qa Sektori (MSE-R) IMT kelajagining strategik ko‘rinishini ifo-
dalovchi IMT-Advanced (4G) tashabbusini taklif qilgan edi. Uni
ishlab chiqish jarayonida munosib xizmatlar yaratildi, IMT-Ad-
vanced loyihasiga taalluqli ishchi xarakteristikalarning
talablari va
hajmi aniqlandi va ularni baholash uslublari batafsil tayyorlandi.
MSE-Rning 5D ishchi guruhi qoshida butun dunyodan
yig‘ilgan mustaqil tashqi baholash guruhlari yordamida
HTIga 2009-yil oktyabrida topshirilgan 4G radiointerfeys-
lari bo‘yicha oltita taklif har biri alohida batafsil o‘rganib
184
chiqildi.
Natijada, 2010-yil noyabrida Jenevada bo‘lib o‘tgan
Butunjahon radioaloqa konferensiyasida ikki texnologiya:
“LTE-Advanced” va “WirelessMAN-Advanced” IMT-Ad-
vanced texnologiyalar tuzimining birinchi versiyasi sifati-
da qabul qilindi. 11.3-jadvalda o‘tkazilgan tahlillar yakunidagi
mobil aloqa tizimlari evolyutsion rivojlanishining asosiy ko‘rsat-
kichlari keltirilgan.
11.3-jadval
Dostları ilə paylaş: