O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH
VAZIRLIGI MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FARG’ONA FILIALI
“RAQAMLI QURILMALARNI LOYIHALASHGA KIRISH”
fanidan
Laboratoriya ishi
Farg’ona 2021
Topshirdi: Toxirov R.
Qabul qildi: TILLABOYEV M. G.
Farg’ona 2022
Laboratoriya ish№ 9.
Mavzu: 4 razryadli ketma-ket va parallel registrlarni tadqiq etish
Ishning maqsadi: 4 razryadli ketma-ket va parallel
registrlarni tadqiq etish
Registr kombinatsion turdagi raqamli qurilma bo‘lib, ko‘p razryadli ikkilik sonlar ko‘rinishidagi ma’lumotlarni eslab qolish va vaqtincha xotirada saqlash uchun ishlatiladi. Registr ikkilik razryad sonlarga teng miqdordagi triggerlar majmuasidan iborat. Trigger – esa xotira elementi bo‘lib, ularga qo‘shimcha ulanayotgan elementlarning vazifasidan kelib chiqqan holda, boshqa maxsus funktsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi. Masalan, agar registrda bir triggerdagi ma’lumot keyingisiga uzatilsa, u holda registr siljitish funktsiyasini bajaradi, demak bunday registr siljitish registri deb ataladi. Chapga va o‘nga siljituvchi registrlar mavjud. Siljitish registrlari ma’lumotni ketma-ket qabul qiladi. Agar bit ko‘rinishidagi ma’lumotlar guruhi ketma-ketligini takt impulslari komandasiga ko‘ra siljitish registrlari kirishlariga berilsa, u holda registrni bir-nechta siljitish amallari bilan yuklash mumkin. Xuddi shunday usulda registrdagi ma’lumotlarni undan chiqarib yuborish mumkin. Parallel yoki ketma-ket ravishda ma’lumot kiritish mumkin bo‘lgan siljitish registrlari mavjud. Demak, xuddi shunday parallel yoki ketma-ket ravishda ma’lumotni chiqarish ham mumkin. Yuqorida aytib o‘tilganidek, universal registrlar ham mavjud bo‘lib, ular ma’lumotlarni chapga va o‘nga siljitadilar. To‘g‘ri va teskari kod tartibida ma’lumot chiqaruvchi registrlar ham mavjud. To‘g‘ri kodda ma’lumot chiqaruvchi registrlar turli vaqt masshtabida ishlaydigan yozuv qurilmalarni muvofiqlashtirishda qo‘llaniladi. Masalan, diskka ma’lumot yozish qurilmasi bilan printerni muvofiqlashtirish uchun qo‘llash mumkin. Bu vaqtda registrga ma’lumotni ancha katta tezlikda kiritish, printerdan esa ma’lumotni ancha past tezlikda olish mumkin. Teskari kodda ma’lumot chiqaruvchi registr - mikroprotsessor XQlarida ishlatilishi mumkin. Parallel registr ma’lumotlar ustidan quyidagi mikroamallarni bajarishga mo‘ljallangan: parallel shaklda kirishdagi ma’lumotlarni yozish, saqlash va uzatish. Sodda ikki razryadli parallel registr funktsional sxemasi 13.1-rasmda keltirilgan.