Raqobat — mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi(korxona)lar o‘rtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurash



Yüklə 21,38 Kb.
səhifə2/2
tarix27.11.2022
ölçüsü21,38 Kb.
#120005
1   2
Документ Microsoft Word

halol va g‘irrom raqobatga bo‘linadi. Halol raqobat bozordagi kurashda qabul qilingan, hammaga maqbul usullar bilan olib boriladi va bozor qoidalariga asoslanadi. G`irrom raqobatda taqiqlangan va qoralangan usullar, yaʼni qalloblik, ko‘zbo‘yamachilik, so‘zida turmaslik, aldash, iqtisodiy josuslik, qo‘poruvchilik va hatto jismoniy zo‘ravonlik kabi jinoyatkorona usullar qo‘llaniladi. Bozor iqtisodiyoti aslida faqat halol raqobatni tan oladi. Raqobat iqtisodiyotni sog‘lomlashtirib turadi. Raqobatdan) jamiyat manfaatlari yo‘lida foydalanish va uni nazorat qilishda davlat tomonidan qabul qilinadigan monopoliyaga qarshi qonunlar muhim ahamiyatga ega.

Raqobat olib borish usuliga ko‘ra, narx bilan raqobat va narxsiz raqobatga bo‘linadi. Narx bilan raqobatlashuv tovarlar yoki xizmatlarni raqiblarga qaraganda foydani vaqtinchalik kamaytirish hisobiga arzon narxda sotishni bildiradi (narxdan tashlamalar, ulgurji xaridorlarga imtiyozlar va boshqalar, Narxsiz raqobatga xaridorlarni egallash va saqlab turishning narxlarni arzonlashtirish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday qonuniy usullari kiradi (sifatini oshirish, xizmat muddatini uzaytirish, ekologik tozalik, xavfsizlik va boshqalar) O‘z miqyosiga ko‘ra, raqobat eng avvalo 2 turga — tarmoq chidagi va tarmoqlar aro raqobatga bo‘linadi. Iqtisodiy adabiyotlarda tarmoq ichidagi raqobatning 4 ta shakli alohida ajralib ko‘rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va oligopoliya. Raqobatning amal qilishi uchun muayyan shart-sharoitlar mavjud bo‘lishi shart. Bu shartsh-aroitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo‘lishi mumkin. Iqtisodiyotda monopollashuv tamoyillarining kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi. Raqobatchilik muhitini vujudga keltirish uchun davlat monopoliyalarga qarshi siyosat olib boradi, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi, monopoliyaga qarshi qonunchilikni amalga oshiradi.
Davlatning raqobatga nisbatan siyosati uning maʼrifatli, madaniy ko‘rinishlari va qoidalarini taʼminlashga yo‘naltiriladi. Bunday siyosat ishlab chiqarishni takomillashtirish, mahsulotlarni samarali taqsimlashga, texnika va iqtisodiy taraqqiyotga yordam beradi, isteʼmolchilarning manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida hukumat tomonidan iqtisodiyotda raqobat muhitini yaratish masalasiga alohida eʼtibor berildi. Jahondagi barcha rivojlangan davlatlarda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham raqobat bo‘yicha davlat siyosati amalga oshiriladi. Shu maqsadda 1996-yil 15 martda Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil etildi. Keyinchalik, u mustaqil davlat qo‘mitasiga aylantirildi. O‘zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda narx bilan raqobatlashuv usuli tanlandi va narxlar erkin qo‘yib yuborildi.

"Monopolistik faoliyatni cheklash to‘g‘risida"gi (1992-yil 3 avgust) qonuniga ko‘ra, narxlarni monopollashtirish, bozorda ataylab taqchillik yaratish, raqobatning g‘irrom usullarini qo‘llash man etiladi. "Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi (1996-yil 26 aprel) qonuniga asosan, g‘irrom raqobatga yo‘l qo‘ymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida eʼtibor berilgan. "Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida" (1996-yil 27 dekabr) qonunida ham sog‘lom raqobat muhitining huquqiy shart-sharoitlari taʼminlab berilgan.

Raqobatning vazifalari:



  • Tartibga solish vazifasi – ishlab chiqarishni talabga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta`sir o`tkazishdan iborat.

  • Resurslarni joylashtirish vazifasi – ishlab chiqarish omillarini ular eng ko`p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi.

  • Innovatsion vazifasi – fan – texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti subyektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli ko`rinishdagi yangiliklarning joriy etishini anglatadi.

  • Moslashtirish vazifasi – korxonalarning ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo`naltirilgan .

  • Taqsimlash vazifasi - ishlab chiqarilgan ne`matlar yalpi hajmining iste`molchilar o`rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta`sir o`tkazadi.

  • Nazorat qilish vazifasi – bozordagi ba`zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o`rnatishiga yo`l qo`ymaslikka yo`naltirilgan.

Yüklə 21,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin