Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc dasturida ishlash



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə19/70
tarix25.10.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#130944
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   70
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Tarix mo‘yqalamidan foydalanish


Tarix mo‘yqalami uskunasi tasvir holati yoki tasvir holatining surati nusxasini joriy tasvir oynasiga chizish imkoniyatini beradi. Masalan, tasvirga o‘zgartirish kiritib ushbu holatning surati olinadi. Kiritilgan o‘zgarishlarni bekor qilib yaratilgan tasvir suratidan foydalanib tarix mo‘yqalami uskunasi yordamida
o‘zgarishlarni tasvirning ma’lum joylariga kiritish mumkin.
Tarix mo‘yqalami quyidagicha ishlatiladi:

  1. Tarix mo‘yqalami uskunasi tanlanadi;

  2. Xususiyatlar panelidan quyidagilar belgilab olinadi:

  3. Tarix mo‘yqalam uchun asos bo‘adigan tarix panelidagi tasvir holati yoki tasvir holati suratining chap qismi tanlanadi:



  1. Tarix mo‘yqalami bilan tasvirga chiziladi.

Elementlarni pozitsiyalash


Photoshop dasturida elementni ish soha bo‘ylab aniq joylashtirish imkoniyati mavjud. Elementlarni aniq joylashtirish imkoniyatini faollashtirish uchun dasturning
View menyusidan Snap buyruq qatorini tanlash kerak. Elementlarni nimaga nisbatan aniq joylashtirishini dasturning View menyusi Snap To bo‘limidan belgilab olish mumkin. Ushbu bo‘limdan quyidagilarni belgilash mumkin:

Photoshop dasturida elementlarni chizg‘ich uskunasi yordamida aniq joylashtirish imkoniyati ham mavjud. Chizg‘ich uskunasi yordamida ish sohasidagi istalgan ikki nuqta orasidagi masofani o‘lchash mumkin. Chizg‘ich uskunasi yordamida masofa o‘lchamganda chop etilmaydigan chiziq hosil bo‘ladi, hususiyatlar paneli va ma’lumotlar panelida quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:

  • boshlang‘ich nuqta (X va Y);

  • x va y o‘qlari bo‘ylab gorizontal (X) va vertikal (Y) masofa;

  • o‘qqa nisbatan burchak;

  • masofa (D1).

Ikkita nuqta orasidagi masifa quyidagicha hisoblanadi:

  1. Chizg‘ich uskunasi tanlanadi;

  2. Sichqon ko‘rsatkichini boshlang‘ich nuqtaga joylashtirib sichqon tugmasini bosib turgan holda ikkinchi nuqtaga joylashtirish kerak.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin