Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc dasturida ishlash



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə25/70
tarix25.10.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#130944
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   70
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Ranglar rejimini o‘zgartirish


Photoshop dasturida tasvirni bir rang rejimida yaratib uni boshqa rang rejimiga o‘tkazib olish mumkin. Tasvir boshqa rang rejimiga o‘tkazilganda uning rang qiymatlari muqim ravishda o‘zgaradi. Masalan, RGB rang rejimidagi tasvir CMYK rang rejimiga o‘zgartirilganda CMYK rang rejimining rang qiymatlariga kirmaydigan RGB rang rejimi qiymatlari o‘xshash qiymatlarga o‘zgartiriladi. Natijada tasvirning ba’zi rang qiymatlari yo‘qotilishi va CMYK rang rejimidan RGB rang rejimiga qayta o‘zgartirilganda tiklanmaydi.
Rang rejimini o‘zgartirishdan oldin quyidagilarni bajarish maqsadga muvofiq xisoblanadi:

  • tasvirni o‘zining rang rejimida tahrirlash kerak;

  • rang rejimini o‘zgartirishdan oldin qayta tiklash nusxasini olib qo‘yish kerak;

  • tasvir qavatlarini birlashtirib olish kerak.

Tasvirning rang rejimini o‘zgartirish uchun dasturning Image menyusining
Mode bo‘limidan kerakli rang rejimini tanlab olish mumkin.
Rangli tasvirni kulrang ko‘rinishdagi tasvirga o‘zgartirish uchun quyidagilarni bajarish kerak:

  1. Kulrang ko‘rinishga o‘zgartirilishi kerak bo‘lgan tasvirni ochish kerak:




  1. Dasturning Image menyusi Mode bo‘limidan Grayscale buyruq qatori tanlash kerak;

  2. Ochilgan dialog oynasida Discard tugmasini bosish kerak:

Natijada rangli tasvir kulrang ko‘rinishga o‘zgaradi:


RGB rang rejimidagi rangli tasvirlardagi ranglar sonini kamaytirish uchun ularni ko‘pi bilan 256 rangga ega Indexed Color rang rejimiga o‘tkazish mumkin. Natijada tasvir faylining hajmi qisqaradi. RGB rang rejimidagi tasvirni Indexed


Color rang rejimiga o‘tkazish uchun quyidagilarni bajarish kerak:

  1. Dasturning Image menyusi Mode bo‘limidan Indexed Color buyruq qatorini tanlash kerak;

  2. Natijada quyidagi dialog oynasi ochiladi:




  1. Ochilgan dialog oynasidan quyidagi o‘zgartirish xususiyatlarini belgilab olish mumkin:

  • Palette – o‘zgartirish amalga oshirilganida ishlatiladigan ranglar palitrasini belgilash;

  • Colors – aks ettiriladigan ranglar soni belgilash;

  • Forced – ranglar palitrasiga ma’lum ranglarni kiritilishi belgilash;

  • Transparency – tasvirdagi shaffof maydonlarni saqlanishi belgilash;

  • Matte – orqa fon rangini belgilash;

  • Dither – ranglar palitrasida mavjud bo‘lmagan ranglar o‘rniga o‘xshash ranglarni qo‘llash;

  • Amount - ranglar palitrasida mavjud bo‘lmagan ranglar o‘rniga o‘xshash ranglarni qo‘llash miqdorini foizda belgilash;

  1. Dialog oynasining OK tugmasi bosiladi.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin