Photoshop dasturida tasvirning o‘lchami qanday o‘zgartiriladi?
Piksel deganda nima tushiniladi?
Qanday faktorlar tasvirning sifatiga ta’sir qiladi?
Piksellar zichligi deganda nima tushiniladi?
Rang kanallari qanday turdagi ma’lumotlarni saqlaydi?
Har bir rang kanali uchun ranglar miqdori 8 bit qiymatga ega RGB rang rejimidagi tasvirda jami qancha rang ma’lumotlari mavjud?
Piksellar zichligi tasvir sifatiga qanday ta’sir qiladi?
Photoshop dasturi ishlay oladigan tasvirlarning maksimal o‘lchami qanday?
Photoshop dasturida tasvirga o‘zgartirish kiritmagan holda qanday qilib aynaltirib ko‘rish mumkin?
Tasvirning rang rejimini o‘zgartirishdan oldin qanday amallarni bajarish maqsadga muvofiq?
Qanday rang rejimlari mavjud?
Ranglarni aralashtirish jarayoni qanday ranglar farqlanadi?
Photoshop dasturida mavjud ekran rejimlari to‘g‘risida ma’lumot bering.
Qayta namunalash jarayoning mazmuni to‘g‘risida tushuncha bering.
Rang rejimlariga misollar keltiring.
QAVATLAR
Qavatlar to‘g‘risida asosiy tushunchalar
Photoshop dasturidagi qavatlar ustma-ust taklangan shaffof qog‘ozlarga o‘xshaydi. Qavatning shaffof maydonlari orqali uning tagidagi qavatlarni ko‘rish mumkin. Qavatdagi tasvirni boshqa qavatlarga nisbatan joylashuvini o‘zgartirish uchun ushbu qavatni siljitish mumkin. Bundan tashqari qavatning xiralik darajasini o‘zgartirib uni qisman shaffof qilish mumkin. Odatda qavatlardan bir nechta tasvirdan kompozitsiya tayyorlanganda, tasvirga matn yoki vektorli grafik figuralar qo‘shganda foydalaniladi. Qavatlarga maxsus effektlar qo‘shish mumkin.
Yangi tasvir bitta qavatga ega. Tasvirga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan qavatlar, qavat effektlari va qavat to‘plamlarining soni faqatgina kompyuterning texnik
imkoniyatlari bilan chegaralanadi. Qavatlar bilan Qavatlar paneli yordamida ishlanadi. Qavat guruhlari qavatlarni tartiblash va boshqarishga yordam beradi. Qavat guruhlaridan paneldagi qavatlarni mantiqiy tartiblashda foydalaniladi. Xususiyatlar va maskalarni bir vaqtning o‘zida guruhdagi barcha qavatlarga qo‘llash mumkin.
Ba’zi hollarda qavatlar aniq bir kontentga ega bo‘lmaydi. Masalan, sozlama qavatlar undan pastdagi qavatlarga ta’sir qiladigan rang va ton sozlamalarini o‘z ichiga oladi. Tasvir joylashgan qavatga tegmagan holda sozlama qavatga o‘zgartirish kiritish orqali tasvirni o‘zgartirish mumkin.
Smart Object deb nomlanadigan maxsus turdagi qavatlar bir yoki bir nechta qavatlarni o‘z ichiga oladi. Smart Object qavatini tasvir piksellariga o‘zgartirish kiritmasdan o‘zgartirish (masshtablash, qiyshaytirish yoki shaklini o‘zgartirish) mumkin.
Photoshop dasturida qavatlar paneli barcha qavatlar, qavat guruhlari va qavat effektlari ro‘yxatini aks ettiradi. Qavatlar paneli orqali qavatlarni aks ettirish yoki yashirish, yangi qavat yaratish va qavat guruhlari bilan ishlash mumkin. Qavatlar paneli quyidagi ko‘rinishga ega:
A – qavatlar panelining menyusi, B – filtr, C – qavatlar guruhi, D – qavat, E – qavat effektlari ro‘yxatini aks ettirish/yashirish, F – qavat effekti, G – qavat yorlig‘i Qavatlar panelini aks ettirish uchun dasturning Window menyusidan Layers buyruq qatorini tanlash kerak.
Oq yoki rangli orqa fonga ega yangi tasvir yaratilganida qavatlar panelidagi eng pastki qavati orqa fon deyiladi. Har bir tasvir faqatgina bitta orqa fonga ega bo‘ladi. Orqa fon qavatining qavatlar panelidagi joylashishi, ranglarni aralashtirish rejimi va xiraligini o‘zgartirib bo‘lmaydi. Orqa fon qavatini oddiy qavatga o‘zgartirib uning ushbu xususiyatlarini o‘zgartirib olish mumkin.
Shaffof kontentga ega tasvir yaratilganda tasvir orqa fon qavatiga ega bo‘lmaydi. Tasvirning eng pastki qavati orqa fon qavati kabi cheklovlarga ega bo‘lmaydi.
Orqa fon qavatini oddiy qavatga o‘zgartirish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Qavatlar panelida orqa fon qavatini sichqon ko‘rsatkichi bilan ikki marta bosish yoki dasturning Layermenyusining Newbo‘limidan LayerFromBackground buyruq qatorini tanlash kerak;
Ochilgan dialog oynasidan qavatning xususiyatlari belgilanadi:
Dialog oynasining OK tugmasi bosiladi.
Oddiy qavatni orqa fon qavatiga o‘zgartirish uchun kerakli qavat tanlanasi va dasturning Layer menyusining New bo‘limidan Background From Layer buyruq qatorini tanlash kerak. Natijada qavatning barcha shaffof piksellari joriy orqa fon rangiga o‘zgaradi va qavatlar panelining eng pastiga joylashadi.
Qavatlarni bir tasvir doirasida, boshqa bir tasvirga yoki yangi tasvirga diblikat
qilish mumkin.
Qavatni bir tasvir doirasida dublikat qilish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Qavatlar panelidan qavat yoki guruh tanlanadi;
Tanlangan qavat yoki guruh sichqon ko‘rsatkchi bilan ushlab qavatlar panelining tugmasi ustiga tashlanadi yoki dasturning Layer menyusi yoki qavatlar panelining menyusidan Duplicate Layer yoki Duplicate Group buyruq qatorini tanlash kerak. Ochilgan dialog oynasida qavat yoki guruh uchun nom kiritiladi va OK tugmasi bosiladi:
Qavatni boshqa tasvirga dublikat qilish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Manba va qabul qiluvchi tasvirlar ochiladi;
Qavatlar panelidan manba tasvirning bir yoki bir nechta qavatlari yoki guruh tanlanadi;
Quyidagilarning biri bajariladi:
qavatlar panelida belgilangan qavat yoki guruhni sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab qabul qiluvchi qavatga o‘tkaziladi;
uskunalar panelidan siljitish uskunasini tanlab manba tasvirdan qabul qiluvchi tasvirga siljitish kerak. Dublikat qilingan qavat yoki guruh qabul qiluvchi tasvirning joriy qavatining ustiga tushadi;
dasturning qavatlar menyusi yoki qavatlar panelining menyusidan Duplicate Layer yoki Duplicate Group buyruq qatorlari tanlanadi. Natijada ochilgan dialog oynasining Destination qismida Document elementining ochiladigan menyusidan qabul qiluvchi tasvir hujjati tanlanadi:
Qavat dublikatini yangi hujjatda yaratish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Qavatlar panelidan qavat yoki guruh tanlanadi;
Dasturning Layer menyusi yoki qavatlar panelining menyusidan Duplicate Layer yoki Duplicate Group buyruq qatori tanlanadi;
Natijada ochilgan dialog oynasining Destination qismida Document elementining ochiladigan menyusidan New qiymati tanlanadi va OK tugmasi bosiladi.