Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc dasturida ishlash


Qavat xiraligi va ranglarning aralashtirilishi



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə34/70
tarix25.10.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#130944
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Qavat xiraligi va ranglarning aralashtirilishi


Qavatning ranglar aralashtirilish rejimi undagi piksellarni qavat ostidagi qavat piksellari bilan qorishishini belgilaydi. Qavatning umumiy xiralik darajasi uning ostidagi qavatni qay darajada ko‘rinishini belgilaydi. 1% xiralik darajasiga ega qavat deyarli shaffof bo‘lib, 100% xiralik darajasiga ega qavat shaffof bo‘lmaydi. Qavatning umumiy xiralik darajasi qavatning piksellariga, qavatga qo‘yilgan effektlarga va ranglar aralashtirish rejimiga ta’sir ko‘rsatadi. Qavatning kontent
xiralik darajasi faqatgina qavatdagi piksellarga ta’sir ko‘rsatadi, qavatga qo‘yilgan effektlarga va ranglar aralashtirish rejimiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Qavatlarni siljitish, tartiblash va qulflash


Qavatlar yoki qavat guruhlarining joylashish ketma-ketligini o‘zgartirish uchun quyidagilardan birini bajarish kerak:

  • qavatlar panelida qavat yoki qavatlar guruhini sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab turib joylashish tartibini o‘zgartirish;

  • qavatni qavatlar guruhiga joylashtirish uchun ushbu qavatni sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab turib guruh yorlig‘i ustiga qo‘yish kerak;

  • qavat yoki qavatlar guruhini tanlab dasturning Layer menyusi Arrange bo‘limidan Bring to Front (eng yuqoriga joylash), Bring Forward (bir pog‘ona yuqoriga joylash), Send Backward (bir pog‘ona pastga joylash) yoki Send to Back (eng pastiga joylash) buyruq qatorlarini tanlash mumkin. Agar tanlangan qavat qavatlar guruhi ichida joylashgan bo‘lsa qavatning joylashish ketma-ketligi ushbu qavat joylashgan guruh miqyosida bo‘ladi;

  • tanlangan bir nechta qavatlarni teskari tartibda joylashtirish uchun dasturning

Layer menyusi Arrange bo‘limidan Reverse buyruq qatorini tanlash kerak.
Qavatning kontentini siljitish uchun qavatlar panelidan kerakli qavat tanlanadi. Uskunalar panelidan siljitish uskunasini tanlab quyidagilardan birini bajarish kerak:

  • ish sohasida qavatning elementini sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab erkin siljitish mumkin;

  • qavatning elementini 1 piksel qiymatga siljitish uchun klaviaturaning ko‘rsatkich tugmalaridan (↑, ↓, ←, →) foydalanish mumkin;

  • qavatning elementini 10 piksel qiymatga siljitish uchun klaviaturaning Shift tugmasini bosib turgan holda ko‘rsatkich tugmalaridan (↑, ↓, ←, →) foydalanish mumkin.

Qavatni aylantirish uchun quyidagilarni bajarish kerak:

  1. Qavatlar panelidan kerakli qavat belgilanadi;

  2. Tasvirning biror maydoni belgilanmaganligiga ishonch hosil qilinadi, agar belgilangan bo‘lsa dasturning Select menyusidan Deselect buyruq qatori tanlanadi;

  3. Dasturning Edit menyusi Transform bo‘limidan Rotate buyruq qatori tanlanadi. Natijada qavatning boshqarish tutgichlari aks ettiriladi;

  4. Sichqon ko‘rsatkichini boshqarish tutgichlarining tashqarisiga joylashtirsa sichqon ko‘rsatkichi yoysimon, ikki taraflama ko‘rsatkichga o‘zgaradi. Shunda sichqon tugmasini bosib qavatni erkin aylantirish mumkin. Klaviaturaning Shift tugmasini bosib turgan holda aylantirilsa qavat har vaqt 15o qiymatga aylanadi;

  5. Qavat kerakli darajaga aylantirib bo‘lingandan so‘ng klaviaturaning Enter tugmasini bosish yoki xususiyatlar panelidan qo‘llash tugmasini bosish kerak. Aylanishni bekor qilish uchun klaviaturaning Esc tugmasini bosish yoki xususiyatlar panelidan bekor qilish tugmasini bosish kerak.

Qavatning kontentini muxofaza qilish uchun qavatni to‘liq yoki qisman qulflash mumkin. Masalan, qavatni tahrirlashni to‘liq tugatgandan so‘ng uni to‘liq qulflash mumkin. Qavatning biror bir xususiyatini o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun uni qisman qulflash kerak. Qavat qulflanganda uning o‘ng qismida qulf belgisi aks ettiriladi. Qavat to‘liq qulflangan bo‘lsa qulf belgisi oq rangga bo‘yalgan , qisman qulflangan bo‘lsa qulf belgisi bo‘yalmagan bo‘ladi.
Qavatning barcha xususiyatlarini qulflash uchun qavat yoki qavatlar guruhini tanlab qavatlar panelining yuqori qismidan barchasini qulflash tugmasini bosish kerak.
Qavatning ma’lum xususiyatlarini qulflash uchun kerakli qavatni tanlab quyidagilarning biri yoki bir nechtasini bajarish kerak:

  • shaffof piksellarni qulflash – qavatning faqatgina shaffof bo‘lmagan piksellarini tahrirlashga ruxsat beriladi;

  • chizishni qulflash – chizish uskunalari yordamida qavatdagi piksellarni o‘zgartirishni taqiqlaydi;

  • siljitishni qulflash – qavatdagi piksellarni siljitishni taqiqlaydi.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin