Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc dasturida ishlash


Qavatlar va guruhlarni boshqarish



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə36/70
tarix25.10.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#130944
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   70
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Qavatlar va guruhlarni boshqarish


Photoshop dasturida bajarilayotgan loyihani tartibli saqlash maqsadida qavatlar va qavat guruhlarini boshqarish kerak bo‘ladi. Qavatlarni qayta nomlash, o‘xshash qavatlarni oson topish maqsadida ularni rangga bo‘yash, qavatlarni o‘chirish va eksport qilish imkoniyatlari mavjud.
Tasvirga yangi qavat yoki qavatlar guruhini qo‘shganda undagi kontentning mazmunini aks ettiruvchi nom berish maqsadga muvofiq. Mazmunli nomga ega qavatlarni qavatlar panelida oson topish mumkin bo‘ladi. Qavat yoki qavatlar guruhini qayta nomlash uchun quyidagilardan birini bajarish kerak:

  • qavatlar panelida qavat yoki qavatlar gurihining nomi ustiga sochqon ko‘rsatkichini joylashtirib ikki marta bosib yangi nom kiritiladi va klaviaturaning Enter tugmasi bosiladi;

  • qavatlar panelida qavat yoki qavatlar guruhi tanlanadi, dasturning Layer menyusidan Rename Layer yoki Rename Group buyruq qatorlari tanlanadi. Qavat yoki qavatlar guruhining yangi nomi kiritiladi va klaviaturaning Enter tugmasi bosiladi.

Qavatlar panelida qavat yoki qavatlar guruhining rangini o‘zgartirish uchun qavat yoki qavatlar guruhi ustiga sichqon ko‘rsatkichini joylashtirib o‘ng tugmasi bosiladi va ochilgan kontekst menyusidan kerakli rang (qizil, qovoqrang, sariq, yashil, moviy, siyoxrang, kulrang) tanlab olinadi.
Vektorli ma’lumotlarga ega qavatlarda chizish uskunalarini yoki filtrlarni qo‘llab bo‘lmaydi. Buning uchun ushbu qavatlarni rasterlash kerak bo‘ladi. Vektorli ma’lumotlar mavjud qavatlarni rasterlash uchun dasturning Layer menyusi Rasterize bo‘limidan quyidagi buyruq qatorlarini tanlash mumkin:

  • Type – matn qavatida matnlarni rasterlaydi. Qavatdagi boshqa vektorli ma’lumotlarni rasterlamaydi;

  • Shape – shakl qavatini rasterlaydi;

  • Fill Content – shakl qavatining to‘ldiruvchisini rasterlaydi. Vektorli maska rasterlanmaydi;

  • Vector Mask – qavatdagi vektorli maskani rasterlaydi va uni qavat maskasiga o‘zgartiradi;

  • Smart Object - Smart Object elementini rasterli qavatga o‘zgartiradi;

  • Video – joriy video kadrni rasterlab tasvir qavatini hosil qiladi;

  • 3D – uch o‘lchamli obyektning joriy ko‘rinishini rasterlab ikki o‘lchamli qavat hosil qiladi;

  • Layer – belgilangan qavatdagi barcha vektorli ma’lumotlarni rasterlaydi;

  • All Layers – vektorli ma’lumotga ega barcha qavatlarni rasterlaydi.

Belgilangan qavat yoki qavatlar guruhini o‘chirish uchun quyidagilardan birini bajarish kerak:

  • tasdiqlovchi xabar bilan o‘chirish uchun qavatlar panelidan o‘chirish tugmasini bosish kerak; dasturning Layer menyusi Delete bo‘limidan Layer yoki Group buyruq qatorlarini tanlash kerak; qavatlar panelining menyusidan Delete Layer yoki Delete Group buyruq qatorlarini tanlash kerak;

  • tasdiqlovchi xabarsiz o‘chirish uchun qavat yoki qavatlar guruhini sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab qavatlar panelidagi o‘chirish tugmasi ustiga qo‘yish kerak; klaviaturaning Alt tugmasini bosib turgan holda qavatlar panelidagi o‘chirish tugmasi bosish kerak; klaviaturaning Delete tugmasini bosish kerak;

  • yashirilgan qavatlarni o‘chirish uchun dasturning Layer menyusi Delete

bo‘limidan Hidden Layers buyruq qatorini tanlash kerak.
Barcha qavatlarni yoki barcha ko‘rinuvchi qavatlarni alohida faylga eksport qilish uchun File menyusi Scripts bo‘limidan Export Layers To Files buyruq qatorini tanlash kerak.
Qavatlar bilan ishlab bo‘lingandan so‘ng tasvir faylining hajmini kamaytirish uchun qavatlarni birlashtirish mumkin. Qavatlar birlashtirilganda yuqorida joylashgan qavatning ma’lumotlari uning ostidagi qavat ma’lumotlarini almashtiradi. Birlashtiriladigan qavatlarning umumiy shaffof maydonlari shaffofligini saqlab qoladi.
Ikkita qavat yoki qavatlar guruhini birlashtirish uchun quyidagilarni bajarish kerak:

  1. Birlashtirilishi kerak bo‘lgan qavatlar aks ettirilganligiga ishonch hosil qilish kerak;

  2. Birlashtirilishi kerak bo‘lgan qavatlar yoki qavat guruhlarini tanlash kerak;

  3. Dasturning Layer menyusidan Merge Layers buyruq qatorini tanlash kerak.

Barcha aks ettirilgan qavatlarni birlashtirish uchun qavatlar panelining menyusidan Merge Visible buyruq qatorini tanlash kerak.
Photoshop dasturida qavatlarni saqlagan holda ularni birlashtirib yangi qavat hosil qilish mumkin. Buning uchun muxrlash jarayonidan foydalanish mumkin. Bir
nechta qavatlar muxrlanganida qavatlarning ma’lumotlarini birlashtiruvchi yangi qavat hosil qilinadi.
Bir nechta qavatni muxrlash uchun quyidagilarni bajarish kerak:

  1. Muxrlanadigan qavatlar tanlanadi;

  2. Klaviaturadan Ctrl+Alt+E tugmalar kombinatsiyasi bosiladi.

Barcha aks ettirilgan qavatlarni muxrlash uchun quyidagilarni bajarish kerak:

  1. Birlashtirilishi kerak bo‘lgan barcha qavatlarni aks ettirilganligiga ishonch hosil qilish kerak;

  2. Klaviaturadan Shift+Ctrl+Alt+E tugmalar kombinatsiyasini bosish kerak.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin