Photoshop dasturida qavat deganda nima tushiniladi?
Qavat kontenti deganda nima tushiniladi?
Qavatlar panelida nimalar aks ettiriladi?
Qavatlar paneli qanday aks ettiriladi?
Orqa fon qavatini oddiy fon qavatiga qanday o‘zgartiriladi?
Qavatni boshqa tasvirga qanday dublikat qilinadi?
Qavatlar guruhi deganda nima tushiniladi?
Mavjud fayl yordamida qavat qanday yaratiladi?
Tasvirdagi belgilangan maydonni qanday qavatga aylantirish mumkin?
Qavatlar guruhiga qavat qanday qo‘shiladi?
Qavatlarni bog‘lashning asosiy maqsadi nima?
Qavatlar qanday bog‘lanadi?
Qavat maskalari vektorli maskalardan qanday farq qiladi?
Qavatlarning joylashish ketma-ketligini o‘zgartirish uchun qanday amallar bajarish kerak?
Qavat qanday aylantiriladi?
Shakl ko‘rinishidagi vektorli maska qanday qo‘yiladi?
Qavatlar qanday birlashtiriladi?
Qavatga qo‘llanilgan stilning nusxasi qanday olinadi?
Qavat effektlari to‘g‘risida ma’lumot bering.
Qavatga stil andozalarini qo‘llash to‘g‘risida ma’lumot bering.
BELGILASHLAR
Belgilash
Belgilash orqali tasvirning bir yoki bir nechta maydonlarini ajratib olinadi. Ma’lum maydonlarni belgilash orqali tasvirning boshqa joylariga ta’sir ko‘rsatmagan holda belgilangan maydonni tahrirlash, effekt va filtrlar qo‘yish mumkin.
Ish sohasi chegarasi doirasidagi qavatning barcha piksellarni belgilash uchun qavatlar panelidan kerakli qavatni tanlab dasturning Select menyusidan All buyruq qatorini tanlash kerak. Mavjud belgilanishni bekor qilish uchun dasturning Select menyusidan Deselect buyruq qatorini tanlash kerak. Oxirgi belgilanishni takrorlash uchun dasturning Select menyusidan Reselect buyruq qatorini tanlash kerak.