Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA
Marquee uskunasi yordamida belgilash
Uskunalar panelidagi Marqueeuskunasi to‘rtburchak shakli, ellips shakli va bir piksel kenglikdagi qator yoki ustunni belgilash imkoniyatini beradi. Marquee uskunasi yordamida quyidagicha belgilash mumkin:
Marquee uskunasi tanlanadi:
To‘rtburchak Marquee uskunasi - to‘rtburchak shaklidagi belgilanishlarni bajaradi;
Ellips Marquee uskunasi - ellips shaklidagi belgilanishlarni bajaradi;
Qator Marquee yoki Ustun Marquee uskunasi – bir piksel kenglikdagi qator yoki ustunni belgilaydi;
Dasturning xususiyatlar panelidan belgilash imkoniyatlari tanlanadi: yangi belgilash, mavjud belgilanishga qo‘shish, mavjud belgilanishdan ayirish, mavjud belgilanish bilan umumiysini olish;
To‘rtburchak Marquee yoki Ellips Marquee uskunalari uchun dasturning xususiyatlar panelidan Style elementiga quyidagi qiymatlarni belgilash mumkin:
Normal – erkin belgilashni amalga oshiradi;
Fixed Ratio – belgilanishning eni va bo‘yi nisbatini belgilaydi;
Fixed Size – belgilanishning aniq o‘lchamlarini belgilaydi;
Belgilash quyidagicha bajariladi:
To‘rtburchakMarqueeva EllipsMarqueeuskunalari bilan sichqon tugmasini bosib turgan holda belgilanish kerak bo‘lgan maydon ustidan yurgiziladi. Klaviaturaning Shift tugmasini bosib turgan holda To‘rtburchak Marquee va Ellips
Marqueeuskunalari qo‘llanilsa belgilanish kvadrat va doira ko‘rinishiga ega bo‘ladi. To‘rtburchak Marquee va Ellips Marquee uskunalari qo‘llanilish jarayonida klaviaturaning Alt tugmasi bosilsa belgilanish uning markazidan bajariladi;
QatorMarqueeva UstunMarqueeuskunalari bilan belgilanish kerak bo‘lgan maydon yaqiniga sichqon tugmasi bosib turib belgilanish kerak bo‘lgan joyga sichqon ko‘rsatkichi yurgiziladi.