Photoshop dasturida belgilanishlarni siljitish, belgilanish chegarasini yashirish va belgilanishni akslantirish mumkin.
Mavjud belgilanishni siljitish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Dasturning xususiyatlar panelidan yangi belgilash tugmasini bosib sichqon ko‘rsatkichini belgilanish ichiga qo‘yiladi. Sichqon ko‘rsatkichi
ko‘rinishga o‘zgaradi.
Sichqon tugmasini bosib turgan holda belgilanishni yangi joyga siljitish mumkin.
Belgilanish chegarasini aks ettirilishini quyidagilardan biri orqali boshqarish mumkin:
dasturning View menyusi Show bo‘limidan Selection Edges buyruq qatorini tanlash kerak.
Mavjud belgilanishni akslantirish uchun dasturning Selectmenyusidan Inverse buyruq qatorini tanlash kerak. Natijada tasvirning joriy belgilangan maydonidan tashqari qolgan barcha joyi belgilanadi:
Joriy belgilanishni ma’lum bir pikselga kengaytirish yoki qisqartirish mumkin.
Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Belgilash uskunalari yordamida belgilanishni yaratish:
Dasturning Selectmenyusi Modifybo‘limidan Expandyoki Contractbuyruq qatorlari tanlanadi. Natijada quyidagi dialog oynasi ochiladi:
tugmasi bosiladi. Belgilanish tanlangan buyruqqa ko‘ra o‘zgaradi:
Photoshop dasturida belgilanish atrofida belgilanish hosil qilish imkoniyati mavjud. Bunday belgilanishlar tasvirdagi obyektni emas, balki uning atrofidagi ma’lum o‘lchamdagi lenta ko‘rinishdagi maydonni belgilashda qo‘llaniladi. Lenta ko‘rinishda belgilanishni hosil qilish uchun quyidagilar bajariladi:
Belgilash uskunalari yordamida belgilanishni yaratish:
Dasturning Select menyusi Modify bo‘limidan Border buyruq qatorini tanlash kerak. Natijada quyidagi dialog oynasi ochiladi:
Dialog oynasida belgilanish lentasi kengligi qiymati kiritiladi va OKtugmasi bosiladi. Natijada belgilanish lentasi hosil bo‘ladi: