Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA
Belgilangan piksellarni ko‘chirish, nusxasini olish va o‘chirish
Tasvirning belgilangan maydonini siljitish uchun uskunalar panelidan siljitish uskunasi tanlanadi va belgilanish ichiga sichqon ko‘rsatkichini joylashtirib sichqon tugmasini bosib turgan holda maydon siljitiladi:
Photoshop dasturida nusxa olish va qo‘yish quyidagi ko‘rinishda amalga oshirilishi mumkin:
Copy – faol qavatning belgilangan maydoni nusxasini ko‘chiradi;
Copy Merged – barcha aks ettirilgan qavatlarning belgilangan maydonining birlashtirilgan nusxasini ko‘chiradi;
Paste – nusxasi olingan maydonni tasvirning boshqa joyiga qo‘yish yoki boshqa tasvirga yangi qavat sifatida qo‘yadi;
Paste In Place – maqsad hujjatida belgilanishning manba hujjatda joylashishiga nisbatan bir xil joyga qo‘yadi;
Paste Into yoki Paste Outside – belgilangan maydon nusxasini boshqa belgilanish ichiga yoki tashqarisiga qo‘yadi.
Belgilangan maydonning nusxasini olish uchun belgilanishni amalga oshirib bo‘lgandan so‘ng dasturning Edit menyusidan Copy yoki Copy Merged buyruq qatorini tanlash kerak.
Bir tanlanishni boshqa tanlanish ichiga yoki tashqarisiga qo‘yish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Tasvirning kerakli maydonining nusxasi olinadi;
Qo‘yiladigan maydon yangi belgilanish ichiga tushishi uchun dasturning
Edit menyusi Paste Special bo‘limidan Paste Into buyruq qatorini tanlash kerak;
Qo‘yiladigan maydon yangi belgilanish tashqarisiga tushishi uchun dasturning Edit menyusi Paste Special bo‘limidan Paste Outside buyruq qatorini tanlash kerak.
Paste Into va Paste Outside buyruqlari tasvirga qavat va qavat maskasini qo‘shib beradi.
Tasvirning belgilangan maydonini o‘chirish uchun dasturning Editmenyusidan Clear buyruq qatorini yoki klaviaturaning Backspace yoki Delete tugmasini bosish kerak. Orqa fon qavatida belgilangan maydon o‘chirilganda maydon rangi joriy tanlangan orqa fon rangiga o‘zgaradi. Oddiy qavatda belgilangan maydon o‘chirilganda maydon rangi shaffof ko‘rinishga o‘zgaradi.