Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc dasturida ishlash


Kamera qimirlash xiraligini kamaytirish



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə45/70
tarix25.10.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#130944
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   70
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Kamera qimirlash xiraligini kamaytirish


Photoshop dasturi fotokamera qimirlashi natijasida hosil bo‘ladigan xiralikni kamaytirish imkonini beruvchi aqilli mexanizga ega. Kerak bo‘lganda tegishli xususiyatlarni o‘zgartirib tasvirning aniqlik ko‘rsatkichini yanada oshirish mumkin. Dasturning Filter menyusi Sharpen bo‘limidagi Shake Reduction filtri fotokamera qimirlashi natijasida hosil bo‘ladigan turli ko‘rinishdagi xiraliklar, jumladan chiziqli xarakatlar, yoysimon xarakatlar, aylanma xarakatlar, zigzag xarakatlar ko‘rinishidagi xiraliklarni kamaytirish imkoniyatini beradi. Quyida fotokamera qimirlashi natijasida hosil bo‘lgan xiralik (a) va xiralikni kamaytirish filtri qo‘llanilganidan keyingi holat (b) ko‘rsatilgan:


    1. b)

Fotokamera qimirlashi natijasida hosil bo‘lgan xiralikni avtomatik kamaytirish uchun quyidagilarni bajarish kerak:



  1. Tasvir ochiladi;

  2. Dasturning Filter menyusi Sharpen bo‘limidan Shake Reduction buyruq qatori tanlanadi.

Tasvirning yorug‘lik va kontrast xususiyatlarini o‘zgartirish


Yorug‘lik va kontrast xususiyatlarini o‘zgartirish tasvirning ton ko‘rsatkichini o‘zgartiradi. Tasvirning yorug‘lik ko‘rsatkichini oshirish orqali ton qiymati oshiadi va tasvirning yorqin piksellari ko‘payadi. Tasvirning yorug‘lik ko‘rsatkichini pasaytirish orqali ton qiymati pasayadi va tasvirning soya piksellari ko‘payadi. Tasvirning kontrast qiymati tasvirning umumiy ton ko‘rsatkichini kengaytiradi yoki toraytiradi.
Tasvirning yorug‘lik va kontrast ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish uchun quyidagilarni bajarish kerak:

  1. Panellar bo‘limining sozlamalar panelida joylashgan yorug‘lik va kontrast tugmasini bosish yoki dasturning Layer menyusi New Adjustment Layer bo‘limnidan Brightness/Contrast buyruq qatorini tanlash va ochilgan dialog oynasida OK tugmasini bosish kerak;

  2. Panellar bo‘limidagi xususiyatlar panelida yorug‘lik va kontrast qiymatlarini slayderlar yordamida belgilash kerak.

Photoshop dasturining Shadow/Highlight buyruqlari yordamida orqa fonning yuqori yorug‘ligi sabab old fondagi obyektni qorayib qolishi (a) yoki obyektni yoritishning yuqori yorug‘ligi sabab obyektni oqarib qolish (b) kabi nuqsonlarini to‘girlash imkoniyatini beradi:


    1. b)

Tasvirning qorayib yoki oqarib qolishni to‘g‘irlash uchun quyidagilarni bajarish kerak:



  1. Dasturning Image menyusi Adjustments bo‘limidan Shadow/Highlight

buyruq qatorini tanlash kerak. Natijada quyidagi dialog oynasi ochiladi:



  1. Dialog oynasida soya va yorug‘lik qiymatlarini slayder yordamida belgilash yoki qiymatini kiritiladi;

  2. Qo‘shimcha xususiyatlarni o‘zgartirish uchun Show More Options

elementini belgilash kerak;

  1. Dialog oynasida OK tugmasini bosish kerak.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin