Tasvirning yorug‘lik va kontrast ko‘rsatkichlari qanday o‘zgartiriladi?
Darajalar panelida tasvirning qanday xususiyatlari o‘zgartiriladi?
Tasvirning darajalarini qanday o‘zgartirish mumkin?
Tasvirning ranglari qanday akslantiriladi?
Kulrang yoki rangli tasvirlar oq-qora rangga qanday o‘zgartiriladi?
Ranglar balansi sozlamalari qanday qo‘llaniladi?
Tasvirning ranglar balansini Photo Filter sozlamasi yordamida qanday o‘zgartirib olinadi?
Ton o‘zgartirishning tez usullari tog‘risida ma’lumot bering.
TASVIRNI O‘ZGARTIRISH
Obyektlarni o‘zgartirish
O‘zgartirish deganda tasvirning o‘lchamini o‘zgartirish, uni aylantirish, qiyshaytirish, cho‘zish yoki deformatsiyalash tushiniladi. O‘zgartirishni belgilanishga, bitta qavatga, bir nechta qavatga yoki qavat maskasiga qo‘llash mumkin. Bundan tashqari o‘zgartirishni yo‘lga, vektorli shaklga, vektorli maskaga yoki belgilash chegarasiga qo‘llash mumkin. O‘zgartirish piksellarga qo‘llanilganda tasvirning sifatiga ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zgartirish qilishdan oldin o‘zgartiriladigan element belgilanadi so‘ng o‘zgartirish komandasi tanlanadi. O‘zgartirishni qo‘llashdan oldin bir nechta o‘zgartirishlarni amalga oshirib olish mumkin. Masalan, elementning birinchi o‘lchamini o‘zgartish, keyin uni qiyshaytirish mumkin. Klaviaturaning Enter tugmasini bosib bajarilgan ikkita o‘zgartirish qo‘llaniladi.
O‘zgartirish komandalari dasturning Edit menyusi Transform bo‘limida joylashgan va quyidagilardan iborat:
Scale – elementning o‘lchamini o‘zgartirish. Elementning o‘lchamini gorizontal, vertikal yoki bir vaqtda ham gorizontal ham vertikal o‘zgartirish mumkin;
Rotate – elementni belgilangan nuqta atrofida aylantirish;
Skew – elementni vertikal yoki gorizontal og‘dirish;
Distort – elementni barcha yo‘nalish bo‘yicha cho‘zish;
Perspective – element perspektivasini o‘zgartirish;
Warp – element shaklini deformatsiyalash;
Rotate 180, Rotate 90 CW, Rotate 90 CCW – elementni belgilangan darajada soat yo‘nalishi yoki soatning qarshi yo‘nalishiga bo‘yicha aynaltiradi;
Flip – elementni vertikal yoki gorizontal akslantirish. O‘zgartirish uchun element quyidagicha tanlanadi:
butun qavatni o‘zgartirish uchun qavatni faollashtirish va boshqa xech narsa belgilanmaganligiga ishonch hosil qilish;
qavatning bir qismini o‘zgartirish uchun qavatni qavatlar panelidan tanlab qavatdagi tasvirning kerakli qismini belgilash;
bir nechta qavatlarni o‘zgartirish uchun qavatlar panelida qavatlarni bog‘lash yorliqlarini belgilab chiqish yoki klaviaturaning Ctrl tugmasini bosib turgan holda kerakli qavatlarni tanlash;
qavat yoki vektor maskasini o‘zgartirish uchun maska bog‘lanishi o‘chiriladi va qavatlar panelidan maska yorlig‘i tanlanadi;
yo‘l yoki vektorli shaklni o‘zgartirish uchun uskunalar panelidagi yo‘lni tanlash uskunasi bilan butun yo‘lni tanlash yoki to‘gridan to‘g‘ri uskunasi bilan yo‘lning bir qismini tanlash;
belgilash chegarasini o‘zgartirish uchun belgilanish hosil qilinadi va dasturning Select menyusidan Transform Selection buyruq qatori tanlanadi.
Barcha o‘zgartirishlar nisbiy nuqta deb nomlanuvchi belgilangan nuqta atrofida amalga oshiriladi. Odatda nisbiy nuqta o‘zgartiriladigan elementning markazida joylashadi:
Dasturning xususiyatlar panelida joylashgan nisbiy nuqta boshqaruvchisi yordamida nisbiy nuqtaning joylashishini o‘zgartirib olish mumkin. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak:
O‘zgartirilishi kerak bo‘lgan element tanlanadi;
Dasturning Editmenyusi Transformbo‘limidan kerakli o‘zgartirish buyrug‘I tanlanadi;
Quyidagilardan birini bajarish kerak:
Dasturning xususiyatlar panelidan nisbiy nuqta boshqaruvchisini faollashtirib boshqaruvchining kerakli joyini belgilab nisbiy niqtani elementning ushbu joyiga ko‘chirib olish mumkin. Masalan, boshqaruvchini quyidagicha
belgilansa elementning nisbiy nuqtasi quyidagi ko‘rinishga o‘zgaradi:
Elementning nisbiy nuqtasini sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab ixtiyoriy joyga siljitish mumkin.
O‘zgartirishlarni qo‘llash uchun quyidagilarni bajarish kerak:
O‘zgartiriladigan element tanlanadi;
Dasturning Editmenyusi Transformbo‘limidan Scale, Rotate, Skew, Distort, Perspectiveyoki Warpbuyruq qatorlaridan biri tanlanadi. Natijada element atrofida boshqarish to‘rtburchaklari aks ettiriladi:
Zarurat bo‘lsa dasturning xususiyatlar panelidan nisbiy nuqta boshqaruvchisi yordamida nisbiy nuqta joylashishi o‘zgartirib olinadi;
Quyidagilardan biri bajariladi:
Scale buyruq qatori tanlangan bo‘lsa elementning boshqarish to‘rtburchaklarini sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab element o‘lchami o‘zgartiriladi. Klaviaturaning Shift tugmasini bosib turgan holda bajarilsa elementning o‘lcham nisbiyligi saqlanadi:
Rotate buyruq qatori tanlangan bo‘lsa sichqon ko‘rsatkichini element boshqarish to‘rtburchaklari tashqarisiga joylanadi va aylantiriladi. Bunda sichqon ko‘rsatkichi egri, ikki taraflama ko‘rsatkich ko‘rinishiga o‘zgaradi. Klaviaturaning Shifttugmasi bosib turgan holda bajarsa element bir vaqtda 15⸰ burchakka aylanadi:
Skew buyruq qatori tanlangan bo‘lsa elementning yon boshqarish to‘rtburchaklarini sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab element yonboshga og‘diriladi:
Distort buyruq qatori tanlangan bo‘lsa elementning burchak boshqarish to‘rtburchaklarini sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab element deformatsiyalanadi:
Perspective buyruq qatori tanlangan bo‘lsa elementning burchak boshqarish to‘rtburchaklarini sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab element perspektivasi o‘zgartiriladi:
Warp buyruq qatori tanlangan bo‘lsa dasturning xususiyatlar panelidan deformatsiya stilini tanlash yoki deformatsion chiziqlar yoki maydonlarni ixtiyoriy siljitish kerak bo‘ladi:
Zarurat bo‘lsa bir-nechta o‘zgartirishlarni ketma-ket bajarib keyin elementga qo‘llash mumkin bo‘ladi;
Barcha o‘zgarishlar bajarib bo‘linganidan so‘ng ularni qo‘llash uchun klaviaturaning Entertugmasini yoki dasturning xususiyatlar panelidan tugmasini bosish kerak. O‘zgarishlarni bekor qilish uchun klaviaturaning Esc tugmasini yoki dasturning xususiyatlar panelidan tugmasini bosish kerak.
Belgilangan elementni aniq darajaga aylantirish yoki akslantirish imkoniyati mavjud. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak:
O‘zgartiriladigan element tanlanadi;
Dasturning Editmenyusi Transformbo‘limidan quyidagi buyruqlarni tanlash mumkin:
Rotate buyrug‘ini tanlab dasturning xususiyatlar panelidan oylanish burchagini belgilash kerak;
Rotate 180⸰buyrug‘i elementni 180⸰ ga aylantiradi;
Rotate 90⸰ CW buyrug‘i elementni soat bo‘ylab 90⸰ ga aylantiradi;
Rotate 90⸰ CCW buyrug‘i elementni soatga qarshi 90⸰ ga aylantiradi;
Flip Vertical elementni gorizontal o‘q bo‘ylab akslantiradi.
Bajarilgan o‘zgartirishni qayta bajarish uchun dasturning Edit menyusi Transform bo‘limidan Again buyruq qatorini, Edit menyusi Transform Path bo‘limidan Again buyruq qatorini yoki Edit menyusi Transform Points bo‘limidan Again buyruq qatorini tanlash mumkin.