Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA
Vanishing Point dialog oynasida belgilanish yaratish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Dialog oynasining uskunalar panelidan Marquee uskunasini tanlash kerak;
Dialog oynasining xususiyatlar panelidan belgilash uskunasining quyidagi xususiyatlarini belgilab olish mumkin:
Feather – belgilanish chegaralarining aniqligini belgilaydi.
Opacity – belgilanishning shaffofligini belgilaydi.
Heal menu – belgilanishni atrof tasvir bilan qorishish darajasini belgilaydi.
Belgilash uskunasi sichqon tugmasini bosib turgan holda tasvirning kerakli maydoni ustida yurgiziladi. Belgilanishni bir nechta perspektiva yuzalari ustidan yurgizish ham mukin:
Vanishing Point dialog oynasida belgilanishni siljitish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Perspektiva yuzasi ichida belgilanish yaratish kerak;
Source – belgilash uskunasi ko‘rsatkichi joylashgan maydonning piksellari bilan belgilanishni to‘ldirish;
Belgilanish siljitiladi.
Belgilanishni tasvirning boshqa maydoni piksellari bilan to‘ldirish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Perspektiva yuzasida belgilanish hosil qilinadi;
Zarurat bo‘lsa belgilanishni boshqa joyga siljitiladi. Belgilanish siljitilganda Vanishing Point dialog oynasining xususiyatlar panelida Move Mode elementiga Destination qiymatini belgilash kerak;
Marquee uskunasini tanlab klaviaturaning Ctrl tugmasini bosib turgan holda sichqon tugmasini bosib ko‘rsatkichini tasvirning kerakli maydoniga siljitish kerak. Natijada belgilanish belgilangan tasvir maydonining piksellari bilan to‘ldiriladi:
Vanishing Point dialog oynasida belgilanishning nusxasini olish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Perspektiva yuzasida belgilanish hosil qilinadi;
Marquee uskunasini tanlab klaviaturaning Alt tugmasini bosib turgan holda sichqon tugmasini bosib belgilanishning nusxasi yuzaning kerakli joyiga siljitiladi.
Belgilanishning tashqarisiga sichqon ko‘rsatkichi bilan bir marta bosib belgilanish bekor qilinadi.
Vanishing Point dialog oynasida bufer xotirasidan ma’lumot qo‘yish mumkin. Bufer xotirasidagi ma’lumot bir xil yoki boshqa hujjatdan olingan bo‘lishi mumkin. Bufer xotirasidan qo‘yiladigan ma’lumot perspektiva yuzasi ichiga qo‘yiladigan bo‘lsa ma’lumot perspektivani inobatga olgan holda o‘zgartiriladi.
Vanishing Point dialog oynasida bufer xotirasidan ma’lumot qo‘yish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Asosiy tasvirda perspektiva yuzasi yaratib olinadi:
Bufer xotirasiga ma’lumot ko‘chirib olinadi:
Zarurat bo‘lsa asosiy tasvirda yangi qavat yaratib olinadi;
Dasturning Filter menyusidan Vanishing Point buyruq qatori tanlanadi;
Klaviaturadan Ctrl+V tugmalar kombinatsiyasi bosib bufer xotirasidagi ma’lumotni Vanishing Point dialog oynasining ish sohasiga qo‘yiladi:
Marquee uskunasini tanlab qo‘yilgan ma’lumotni perspektiva yuzasi ichija siljitib olinadi va natijada bufer xotirasida qo‘yilgan tasvir perspektiva asosida o‘zgartirib olinadi:
Vanishing Point dialog oynasining Transform uskunasi yordamida qo‘yilgan tasvir o‘lchamlari o‘zgartirib olinadi:
Vanishing Point dialog oynasining OK tugmasi bosiladi:
Vanishing Point diaolog oynasida chizish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Dialog oynasining uskunalar panelidan mo‘yqalam uskunasi tanlanadi;
Mo‘yqalam rangi uskunalar panelidagi pipetka uskunasi yoki xususiyatlar panelidagi BrushColorrang tanlash dialog oynasi yordamida tanlanadi;
Dialog oynasining xususiyatlar panelida mo‘yqalam diametri Diameter elementi orqali, qattiqligi Hardness elementi orqali va rangning shaffoflik darajasi Opacity elementi orqali belgilab olinadi;
Dialog oynasining xususiyatlar panelidagi Heal elementiga quyidagi qiymatlar tanlash mumkin:
Luminance atrofdagi piksellarning yorug‘ligi bilan qorishgan holda chizish;
On atrofdagi piksellarning rangi, yorug‘ligi va soyasi bilan qorishgan holda chizish.
Zarurat bo‘lsa quyidagilarni tanlash mumkin:
Avtomatik ravishda bir nechta perspektiva yuzalarida ularning perspektivasini inobatga olgan holda chizish uchun dialog oynasining menyusidan Allow Multi- Surface Operations buyruq qatorini tanlash kerak;
Faqatgina faol perspektiva yuzasida chizish uchun dialog oynasining menyusidan Clip Operations To Surface Edges buyruq qatorini tanlash kerak.
Dialog oynasida tasvirga chiziladi. Perspektiva yuzasi ichiga chizilganda chizish yuza perspektivasini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Vanishing Point dialog oynasida shtamp uskunasi mavjud piksellardan namuna olib chizish imkoniyatini beradi. Olingan namuna perspektiva yuzasiga asosan joylashadi.
Shtamp uskunasida foydalanish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Dialog oynasining uskunalar panelidan Stamp uskunasini tanlash kerak;
Dialog oynasining xususiyatlar panelidan uskunaning diametri Deameter elementi orqali, uskuna qattiqligi Hardness elementi orqali, uskuna shaffofligi Opacity elementi orqali belgilanadi;
Dialog oynasining xususiyatlar panelidagi Heal elementiga quyidagi qiymatlar tanlash mumkin:
Off atrofdagi piksellarning rangi, yorug‘ligi va soyasi bilan qorishmagan holda chizish;
Luminance atrofdagi piksellarning yorug‘ligi bilan qorishgan holda chizish;
On atrofdagi piksellarning rangi, yorug‘ligi va soyasi bilan qorishgan holda chizish.
Namuna olish xususiyatini boshqarish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Dialog oynasining xususiyatlar panelidan Aligned elementini tanlab namuna olish uzluksiz bo‘ladi;
Dialog oynasining xususiyatlar panelidan Aligned elementining tanlanishini bekor qilib namuna dastlabki namuna nuqtasidan olinadi;
Zarurat bo‘lsa quyidagilarni tanlash mumkin:
Avtomatik ravishda bir nechta perspektiva yuzalarida ularning perspektivasini inobatga olgan holda chizish uchun dialog oynasining menyusidan Allow Multi- Surface Operations buyruq qatorini tanlash kerak;
Faqatgina faol perspektiva yuzasida chizish uchun dialog oynasining menyusidan Clip Operations To Surface Edges buyruq qatorini tanlash kerak.
Uskuna ko‘rsatkichini perspektiva yuzasi ustiga joylashtirib klaviaturaning Alttugmasini bosib turgan holda sichqon tugmasi bilan kerakli nuqta ustiga bosiladi va ushbu nuqta namuna nuqtasi deyiladi;