O‘zbartirish komandalari dasturning qaysi menyusida joylashgan?
Nisbiy nuqta deganda nima tushiniladi?
Nisbiy nuqtaning joylashishini qanday o‘zgartirish mumkin?
Belgilangan elementni aniq darajaga qanday aylantirish mumkin?
Tasvirni qaysi buyruq yordamida kaltalash mumkin?
Xols o‘lchami qanday o‘zgartiriladi?
Tasvirni egish uchun qaysi buyrug‘dan foydalanish mumkin?
Vanishing Point uskunasi nima uchun qo‘llaniladi?
Vanishing Point uskunasi qanday qo‘llaniladi?
Bog‘liq perspektiva yuzasi qanday yaratiladi?
Shtamp uskunasi qanday vazifalar bajaradi?
Erkin o‘zgartirish qanday bajariladi?
Puppet Warp buyrug‘ini qo‘llash to‘g‘risida gapirib bering.
CHIZISH
Shakllarni o‘zgartirish
Photoshop dasturida to‘rtburchak va aylana burchakli to‘rtburchaklarning o‘lchami va joylashishini o‘zgartirib olish mumkin. Bundan tashqari aylana burchakli to‘rtburchaklarning aylana burchak radiusini ham o‘zgartirib olish mumkin. To‘rtburchak va aylana burchakli to‘rtburchakni o‘zgartirish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Dasturning uskunalar panelidan PathSelectionTool uskunasi yordamida bir yoki birnechta to‘rtburchak yoki aylana burchakli to‘rtburchaklar tanlab olinadi;
To‘rtburchakning o‘lchamini o‘zgartirish uchun dasturning xususiyatlar panelidan W va H elementlariga kerakli o‘lcham qiymatlari kiritiladi. Xususiyatlar panelida bog‘lash tugmasini bosib qo‘yish element o‘lcham nisbatini saqlab qoladi.
To‘rtburchakning joylashishini o‘zgartirish uchun quyidagilardan birini bajarish kerak:
qavat kontentini siljitish uchun dasturning uskunalar panelidan siljitish uskunasidan foydalanish;
dasturning uskunalar panelidan Path Selection Tool uskunasi yordamida to‘rtburchakni siljitish;
dasturning xususiyatlar panelida joylashgan X va Y elementlariga qiymat kiritish;
Aylana burchakli to‘rtburchakning burchak radiusini o‘zgartirish uchun panellar bo‘limidagi xususiyatlar panelida har bir burchak uchun radius qiymatini kiritish kerak:
Shakl chegarasining xususiyatlarini o‘zgartirish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Dasturning uskunalar panelidan Path Selection uskunasi yordamida shakl tanlanadi;
Panellar bo‘limidagi xususiyatlar panelida yoki dasturning xususiyatlar panelida shaklning chegarasini belgilash menyusi yorlig‘i bosiladi va natijada quyidagi shakl chegarasini belgilash paneli ochiladi:
Panellar bo‘limidagi xususiyatlar panelida yoki dasturning xususiyatlar panelida shakl chegarasining quyidagi xususiyatlarini o‘zgartirib olish mumkin:
chegara turini tanlash
shakl chegarasining unga nisbatan joylashishini belgilash
chegaraning boshi va oxirisining ko‘rinishini belgilash
Shakl chegarasining xususiyatlari belgilab olinganidan so‘ng ushbu xususiyatlarni boshqa shaklga ham ko‘chirib o‘tish mumkin. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Shakl chegarasini belgilash panelidan sozlamalar tugmasi bosiladi va natijada ochilgan menyudan Copy Stroke buyruq qatori tanlanadi;
Mo‘ljallangan shakl tanlanadi;
Panellar bo‘limidagi xususiyatlar panelidan yoki dasturning xususiyatlar panelidan shaklning chegarasini belgilash menyusi yorlig‘i bosiladi va shakl chegarasini belgilash paneli ochiladi;
Shakl chegarasini belgilash panelida sozlamalar tugmasi bosiladi va natijada ochilgan menyudan Paste Stroke buyruq qatori tanlanadi.