Photoshop dasturida chizg‘ichlar tasvir yoki elementlarni yuqori aniqlikda joylashtirish imkonini beradi. Aks ettirilganda chizg‘ichlar faol ish sohasining chap va yuqori chegaralari bo‘ylab joylashadi. Chizg‘ichdagi markerlar sichqon ko‘rsatkichining joylashish koordinatalarini aks ettiradi:
Chizg‘ichning boshlang‘ich nuqtasini (0,0) o‘zgartirish ma’lum joylashishdan o‘lchashni boshlash imkonini beradi. Chizg‘ichlarni aks ettirish yoki yashirish uchun dasturning View menyusidan Rulers qatorini tanlash kerak.
Chizg‘ichlarning boshlang‘ich nuqtasini o‘zgartirish uchun gorizontal va vertikal chizg‘ichlarning kesishuv sohasi ustiga sichqon ko‘rsatkichini joylashtirib sichqon tugmasini bosib turgan holda tasvirning kerakli joyiga siljitib olish mumkin:
Chizg‘ichning boshlang‘ich nuqtasini dastlabki joyiga qaytarish uchun gorizontal va vertikal chizg‘ichlarning kesishuv sohasi ustiga sichqon ko‘rsatkichini joylashtirib ikki marta bosish kerak.
Chizg‘ichning o‘lchov birligini o‘zgartirish uchun quyidagilarda birini bajarish kerak:
chizg‘ich ustiga sichqon ko‘rsatkichini joylashtirib o‘ng tugmasini bosish va ochilgan kontekst menyusidan o‘lchov birlikni tanlash:
chizg‘ich ustiga sichqon ko‘rsatkichini joylashtirib ikki marta bosish yoki dasturning Edit menyusi, Preferences bo‘limidan Unit&Rulers qatorini tanlash va ochilgan dialog oynasidan o‘lchov birligini tanlash kerak:
Chop etilmaydigan qo‘shimchalar
Obyektni tahrirlash, siljitish yoki tanlashga yordam beruvchi gid, to‘r, tanlash chegarasi, bo‘laklar va matn asoslari chop etilmaydigan qo‘shimchalarga misol bo‘la oladi. Istalgan kombinatsiyadagi qo‘shimchalarni tasvirga ta’sir qilmagan holda aks ettirish yoki berkitish mumkin. Bundan tashqari chop etilmaydigan qo‘shimchalarni ish sohasini tartibga keltirib olish uchun aks ettirish yoki berkitish ham mumkin.
Chop etilmaydigan qo‘shimchalarni boshqarish uchun quyidagilarni bajarish mumkin:
chop etilmaydigan qo‘shimchalarni aks ettirish yoki berkitish uchun dasturning View menyusining Extras qatorini tanlash kerak;
ma’lum bir chop etilmaydigan qo‘shimchani aks ettirish yoki berkitish uchun
View menyusining Show bo‘limidan kerakli qo‘shimchani tanlash kerak;
menyusining Show bo‘limidan All qatorini tanlash kerak;
barcha chop etilmaydigan qo‘shimchalarni berkitish uchun Viewmenyusining
Show bo‘limidan None qatorini tanlash kerak;
chop etilmaydigan qo‘shimchalarning ma’lum guruhini aks ettirish yoki berkitish uchun View menyusining Show bo‘limidan Show Extras Options qatorini tanlash kerak. Natijada ochilgan dialog oynasida kerakli qo‘shimchalarni guruh ko‘rinishida belgilab olish mumkin: