Tarix mo‘yqalami uskunasi tasvir holati yoki tasvir holatining surati nusxasini joriy tasvir oynasiga chizish imkoniyatini beradi. Masalan, tasvirga o‘zgartirish kiritib ushbu holatning surati olinadi. Kiritilgan o‘zgarishlarni bekor qilib yaratilgan tasvir suratidan foydalanib tarix mo‘yqalami uskunasi yordamida
o‘zgarishlarni tasvirning ma’lum joylariga kiritish mumkin.
Tarix mo‘yqalami quyidagicha ishlatiladi:
Tarix mo‘yqalami uskunasi tanlanadi;
Xususiyatlar panelidan quyidagilar belgilab olinadi:
mo‘yqalam shaffofligi belgilanadi;
mo‘yqalam turi belgilanadi;
Tarix mo‘yqalam uchun asos bo‘adigan tarix panelidagi tasvir holati yoki tasvir holati suratining chap qismi tanlanadi:
Tarix mo‘yqalami bilan tasvirga chiziladi.
Elementlarni pozitsiyalash
Photoshop dasturida elementni ish soha bo‘ylab aniq joylashtirish imkoniyati mavjud. Elementlarni aniq joylashtirish imkoniyatini faollashtirish uchun dasturning
Viewmenyusidan Snapbuyruq qatorini tanlash kerak. Elementlarni nimaga nisbatan aniq joylashtirishini dasturning View menyusi Snap To bo‘limidan belgilab olish mumkin. Ushbu bo‘limdan quyidagilarni belgilash mumkin:
Guides – yo‘nalishlarga nisbatan joylashtirish;
Grid – to‘rga nisbatan joylashtirish;
Layer – qavatga nisbatan joylashtirish;
Slices – bo‘lak chegaralariga nisbatan joylashtirish;
Document Bounds – hujjatning chegaralariga nisbatan joylashtirish;
All – bo‘limdagi barcha elementlarni belgilaydi;
None - bo‘limdagi barcha elementlarni belgilashini bekor qiladi.
Photoshop dasturida elementlarni chizg‘ich uskunasi yordamida aniq joylashtirish imkoniyati ham mavjud. Chizg‘ich uskunasi yordamida ish sohasidagi istalgan ikki nuqta orasidagi masofani o‘lchash mumkin. Chizg‘ich uskunasi yordamida masofa o‘lchamganda chop etilmaydigan chiziq hosil bo‘ladi, hususiyatlar paneli va ma’lumotlar panelida quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
boshlang‘ich nuqta (X va Y);
x va y o‘qlari bo‘ylab gorizontal (X) va vertikal (Y) masofa;
o‘qqa nisbatan burchak;
masofa (D1).
Ikkita nuqta orasidagi masifa quyidagicha hisoblanadi:
Chizg‘ich uskunasi tanlanadi;
Sichqon ko‘rsatkichini boshlang‘ich nuqtaga joylashtirib sichqon tugmasini bosib turgan holda ikkinchi nuqtaga joylashtirish kerak.