Photoshop dasturida tasvirning o‘lchamini o‘zgartirish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Dasturning Image menyusidan Image Size buyruq qatori tanlanadi. Natijada quyidagi dialog oynasi ochiladi:
Tasvirning ko‘rinishi ochilgan dialog oynasining chap qismida aks ettiriladi;
Dialog oynasining o‘ng qismida tasvirning o‘lchamlari va o‘lchov birliklari aks ettiriladi:
Tasvirning eni va bo‘yini mutanosib ravishda o‘zgartirish uchun dialog oynasida proporsiyani saqlash tugmasini bosib qo‘yish kerak:
Tasvirning o‘lchami yoki nuqtalar zichligi umumiy nuqtalar soni bilan mutanosib ravishda o‘zgarishi uchun dialog oynasida Resample elementini belgilab qo‘yish kerak:
Tasvirning o‘lchami yoki nuqtalar zichligini umumiy nuqtalar soniga ta’sir qilmasdan o‘zgartirish uchun Resample elementidan belgilashni olib qo‘yish kerak.
Dialog oynasining FitTomenyusidan tasvir o‘lchamini oldindan belgilangan o‘lcham andozalari asosida o‘zgartirib olish mumkin;
Dialog oynasining Width va Height elementlariga qiymat kiritib tasvir o‘lchamini o‘zgartirib olish mumkin.
Tasvirning o‘lchami o‘zgartirilganidan keyingi tasvir faylining hajmi dialog oynasining yuqori qismida aks ettiriladi.
Tasvirdagi nuqtalar zichligini Resolution elementiga qiymat kiritish orqali o‘zgartiriladi.
Agar tasvirning qavatlariga biror-bir stil qo‘llanilgan bo‘lsa ushbu stillarni tasvirning o‘zgargan o‘lchamiga mos ravishda o‘zgarishini ta’minlash uchun dialog oynasining yuqori-o‘ng burchagida joylashgan menyudan Scale Styles buyruq qatorini tanlash kerak.
Kerakli o‘zgartirishlar kiritilganidan so‘ng dialog oynasining OK tugmasi bosiladi.