Belgilash orqali tasvirning bir yoki bir nechta maydonlarini ajratib olinadi. Ma’lum maydonlarni belgilash orqali tasvirning boshqa joylariga ta’sir ko‘rsatmagan holda belgilangan maydonni tahrirlash, effekt va filtrlar qo‘yish mumkin.
Ish sohasi chegarasi doirasidagi qavatning barcha piksellarni belgilash uchun qavatlar panelidan kerakli qavatni tanlab dasturning Select menyusidan All buyruq qatorini tanlash kerak. Mavjud belgilanishni bekor qilish uchun dasturning Select menyusidan Deselect buyruq qatorini tanlash kerak. Oxirgi belgilanishni takrorlash uchun dasturning Select menyusidan Reselect buyruq qatorini tanlash kerak.