Dasturning SelectSubjectbuyrug‘i yordamida tasvirning eng yorqin subyektini tanlash imkoniyati mavjud. Select Subject buyrug‘i tasvirda odamlar, xayvonlar,
avtomobillar, o‘yinchoqlar va boshqa elementlarni tanlay oladi. Photoshop dasturida Select Subject buyrug‘i quyidagilarcha chaqirilishi mumkin:
tasvirni tahrirlash davomida dasturning Select menyusidan Subject buyruq qatorini tanlash;
uskunalar panelining Quick Selection yoki Magic Wand uskunalaridan foydalanish davomida dasturning xususiyatlar panelidan Select Subject elementini tanlash.
Select Subject funksiyasi tasvirning yorqin subyektini avtomatik ravishda tanlaydi. So‘ng boshqa tanlash uskunalari yordamida tanlanishni tahrirlab olish mumkin.
Masalan, quyidagi tasvirda Select Subject funksiyasi yordamida tasvirdagi fil avtomatik ravishda belgilab olingan:
Quick Selection tez tanlash uskunasi yordamida mo‘yqalam uchi yurdamida tanlanishlarni chizib olish mumkin. Uskunadan quyidagicha foydalaniladi:
Uskunalar panelidan Quick Selection uskunasi tanlanadi;
Dasturning xususiyatlar panelidan quyidagilarni tanlash mumkin: yangi belgilash, mavjud belgilanishga qo‘shish, mavjud belgilanishdan ayirish;
Tanlash mo‘yqalami o‘lchamini o‘zgartirish uchun dasturning xususiyatlar panelidan mo‘yqalam o‘lchami belgilanadi;
Belgilanishi kerak bo‘lgan tasvirning ichiga bosiladi:
Magic Wand uskunasi o‘xshash rang maydonini tanlash imkoniyatini beradi. O‘xshash rang tanlashda tanlangan rangga yaqin bo‘lgan ranglar oralig‘i belgilanadi. Magic Wand uskunasi quyidagicha qo‘llaniladi:
Uskunalar panelidan Magic Wand uskunasi tanlanadi;
Dasturning xususiyatlar panelidan belgilash imkoniyatlari tanlanadi: yangi belgilash, mavjud belgilanishga qo‘shish, mavjud belgilanishdan ayirish, mavjud belgilanish bilan umumiysini olish;
Dasturning xususiyatlar panelidan quyidagi imkoniyatlarni belgilash mumkin:
Tolerance – belgilanadigan piksellarning ranglar oralig‘ini belgilaydi. Past qiymati tanlangan pikselning rangiga yaqin ranglarni belgilaydi, yuqori qiymat ranglarning kengroq oralig‘ini tanlaydi;