Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc dasturida ishlash



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə51/70
tarix25.10.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#130944
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Tasvir, shakl va yo‘llarni egish


Warp buyrug‘i tasvir, shakl yoki yo‘llarning boshqarish elementlarini siljitib ularning shaklini o‘zgartirish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari dasturning xususiyatlar panelidan egish stilini tanlab shaklni o‘zgartirish ham mumkin.
Tasvir, shakl yoki yo‘lni egish uchun quyidagilarni bajarish kerak:

  1. Egish kerak bo‘lgan element tanlanadi;

  2. Dasturning Edit menyusi Transform bo‘limidan Warp buyruq qatorini tanlanadi;

  3. Quyidagilarning birini bajarish kerak:

  • belgilangan shakl bo‘yicha egish uchun dasturning xususiyatlar panelidan

Warp elementi uchun ochiladigan menyudan kerakli egish andozasini tanlab olinadi:



  • elementni egish uchun boshqarish elementlarini sichqon ko‘rsatkichi bilan joyini ixtiyoriy o‘zgartirib olinadi:



  1. Bajarilgan o‘zgarishlarni qo‘llash uchun klaviaturaning Enter tugmasini yoki dasturning xususiyatlar panelidan tugmasini bosish, o‘zgarishlarni bekor qilish uchun klaviaturaning Esc tugmasini yoki dasturning xususiyatlar panelidan tugmasini bosish kerak.

Puppet Warp buyrug‘i ko‘rgazmali to‘r taqdim etib u yordamida tasvirning qolgan joylariga ta’sir qilmagan holda belgilangan maydonini o‘zgartirish imkoniyatini beradi. Puppet Warp buyrug‘ini tasvirdan tashqari qavat maskasi va vektorli maskalarga ham qo‘llash mumkin.
Puppet Warp buyrug‘i quyidagicha qo‘llaniladi:

  1. Qavatlar panelidan o‘zgartiriladigan qavat yoki maska tanlab olinadi:




  1. Dasturning Edit menyusidan Puppet Warp buyruq qatori tanlanadi.

  2. Dasturning xususiyatlar panelidan ko‘rgazmali to‘rning quyidagi xususiyatlarini belgilab olish mumkin:

  • Mode ko‘rgazmali to‘rning umumiy elastikligini belgilaydi;

  • Density ko‘rgazmati to‘r kataklarining o‘lchamini belgilaydi;

  • Expansion ko‘rgazmali to‘rning tashqi chegarasini belgilaydi;

  • Show Mesh ko‘rgazmali to‘rni aks ettiradi yoki yashiradi. Natijada tanlangan element ustida ko‘rgazmali to‘r aks ettiriladi:





  1. Tasvirda o‘zgartiriladigan va o‘zgartirilmaydigan maydonlarga maxsus belgilar sichqon ko‘rsatkichi bilan qo‘yib chiqiladi:



  1. Sichqon tugmasi bilan maxsus belgini ushlab siljitiladi:




  1. O‘zgartirish kiritib bo‘linganidan so‘ng klaviaturaning Enter tugmasi bosiladi:



Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin