Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc dasturida ishlash



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə52/70
tarix25.10.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#130944
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   70
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Vanishing Point uskunasi


Photoshop dasturining Vanishing Point uskunasi tasvirni uning perspektivasiga mos ravishda tahrirlash imkoniyatini beradi. Vanishing Point uskunasi yordamida tasvirning yuzalari aniqlab olinadi va shundan keyin unga tahrirlash amallari qo‘llaniladi. Barcha o‘zgarishlar belgilangan yuza perspektivasini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Vanishing Point dialog oynasi dasturning Filter menyusi Vanishing Point buyruq qatori yordamida ochiladi. Ushbu dialog oynasida perspektiva yuzalarini belgilash uskunalari, tasvirni tahrirlash uskunalari, o‘lchash uskunalari va tasvirni ko‘rib olish uskunalari joylashgan:
A B

C
D

E

A - dialog oyna menyusi, B - dialog oyna xususiyatlar paneli, C - uskunalar paneli, D - ko‘rib olish oynasi, E - masshtab xususiyatlari


Vanishing Point uskunalar panelida quyidagi uskunalar joylashgan:

  • Yuzani tahrirlash uskunasi perspektiva yuzasini belgilaydi, tahrirlaydi, siljitadi va o‘lchamini o‘zgartiradi;

  • Yuza yaratish uskunasi perspektiva yuzasining to‘rt burchak nuqtalarini belgilaydi, yuzaning o‘lchami va shaklini sozlaydi;

  • Belgilash uskunasi to‘rtburchak belgilanishlar qiladi, belgilanishlarni siljitadi yoki klonlaydi;

  • Shtamp uskunasi tasvirdan namuna olib chizadi;

  • Mo‘yqalam uskunasi yuzaga belgilangan rangda chizadi;

  • O‘zgartirish uskunasi belgilanishning masshtabini o‘zgartiradi, aylantiradi va siljitadi;

  • Pipetka uskunasi ko‘rib olish oynasidagi tasvirdan rang tanlab oladi;

  • O‘lchash uskunasi yuzadagi element burchak va masofalarni o‘lchaydi;

  • Masshtab uskunasi ko‘rib olish oynasidagi tasvir masshtabini o‘zgartiradi;

  • Siljitish uskunasi ko‘rib olish oynasida tasvirni siljitadi.

Vanishing Point uskunasi bilan ishlashdan oldin tasvir tayyorlab olinadi.
Buning uchun quyidagilardan biri bajariladi:

  • Vanishing Point uskunasi bilan ishlash natijasini alohida qavatga joylash uchun yangi qavat yaratib olinadi.

  • Tasvir kontentini uning chegaralaridan tashqarisiga klonlash rejalashtirilgan bo‘lsa xolstning o‘lchamini kattalashtirib olinadi.

  • Vanishing Point dialog oynasida bufer xotiradidan ma’lumot qo‘yilishi kerak bo‘lsa Vanishing Point uskunasi ishga tushirilishidan oldin ma’lumot bufer xotirasiga joylab olinadi.

  • Vanishing Point uskunasini qo‘llash natijasini tasvirning ma’lum maydoniga qo‘llash uchun uskuna ishga tushirilishidan oldin tasvirning ushbu maydoni belgilash uskunalari yordamida tanlab olinadi.

Vanishing Point uskunasi bilan quyidagicha ishlanadi

  1. Dasturning Filter menyusidan Vanishing Point buyruq qatori tanlanadi;

  2. Yuza yaratish uskunasi yordamida perspektiva yuzasi hosil qilib olinadi:





  1. Tasvirni tahrirlash uchun quyidagilarni bajarish mumkin:

  • Belgilash. Belgilash hosil qilib olinganidan so‘ng uni klonlash, siljitish, aylantirish, masshtabini o‘zgartirish, bo‘yash yoki shaklini o‘zgartirish mumkin;

  • Bufer xotirasidan ma’lumot qo‘yish. Qo‘yilgan ma’lumot perspektiva yuzasi ichiga siljitilsa ushbu perspektivaga mos ravishda o‘zgaradi:



  • Rang yoki namuna piksellar yordamida chizish;

  • Perspektiva yuzasidagi elementlarni o‘lchash.

  1. Dialog oynasining Ok tugmasi bosiladi.


Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin