Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA
Chizish to‘g‘risida tushuncha
Photoshop dasturida chizish jarayoni vektorli shakllar va yo‘llarni yaratishni o‘z ichiga oladi. Photoshop dasturida istalgan shakl uskunalari, pero uskunasi yoki erkin pero uskunasi yordamida chizish mumkin.
Chizishni boshlashdan oldin dasturning xususiyatlar panelidan chizish rejimini tanlab olish kerak. Tanlangan rejim chizish jarayonida alohida qavatiga ega vektorli shakl yaratilishi, mavjud qavatda yo‘l yaratilishi yoki mavjud qavatda rastrli shakl yaratilishini belgilab beradi.
Vektorli shakllar shakl uskunalari yoki pero uskunalari yordamida chiziladigan chiziq va egrilar hisoblanadi. Vektorli shakllar piksellar zichligiga bog‘liq emas. Yo‘llar belgilanishlar yoki rang bilan to‘ldirilishlarga o‘girilishi mumkin bo‘lgan chegara hisoblanadi. Yo‘llarni quyidagicha ishlatish mumkin:
qavatning ma’lim maydonlarini yashirish uchun yo‘lni vektorli maska sifatida ishlatish;
yo‘lni belgilanishga o‘girish;
yo‘lni rang bilan to‘ldirish yoki chegarasini belgilash.
Shakl yoki pero uskunalari bilan ishlaganda uch xil rejimda chizish mumkin bo‘ladi. Shakl yoki pero uskunalari tanlanganda chizish rejimini dasturning xususiyatlar panelidan belgilab olish mumkin. Quyidagi chizish rejimlari mavjud:
Shape alohida qavatda shakl yaratish. Shakl chizish uchun shakl yoki pero uskunalaridan foydalanish mumkin. Shakl qavati shakl rangini belgilab beruvchi to‘ldiruvchi qavat va shakl chegarasini belgilab beruvchi bog‘langan vektorli maskadan iborat. Shaklning chegarasi yo‘l xisoblanadi va panellar bo‘limining Paths panelida aks ettiriladi.
Path joriy qavatga ishchi yo‘l chizadi va ushbu yo‘l belgilanish, vektorli maska yoki rastrli grafika yaratish uchun qo‘llanilishi mumkin. Yo‘llar panellar bo‘limining Paths panelida aks ettiriladi.
Pixels joriy qavatga chizadi. Ushbu rejimda chizilganda rastrli tasvir xosil bo‘ladi. Ushbu rejimda faqatgina shakl uskunasi ishlaydi.