Reabilitatsiya markaziga EGA davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti to‘G‘risida


-bob. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari



Yüklə 29,1 Kb.
səhifə6/10
tarix14.05.2023
ölçüsü29,1 Kb.
#126941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
7-bob. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari
40. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari quyidagilardan iborat:
42. Tegishli ixtisoslashtirilgan ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka, yuksak axloqiy xislatlarga ega shaxslar Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda pedagogika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
43. Bolaning qonuniy vakillari ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotning ta’lim-tarbiya faoliyati, o‘z farzandiga berilayotgan ta’lim va ko‘rsatilayotgan reabilitatsiya yordami bilan ushbu tashkilotning ishiga aralashmay tanishish huquqiga ega.
8-bob. Reabilitatsiya markazi va reabilitatsiya jarayonini tashkil etish
44. Reabilitatsiya tadbirlari Ixtisoslashtirilgan tashkilotning tarkibiy bo‘linmasi hisoblangan reabilitatsiya markazida shtatdagi tibbiyot va pedagog xodimlari, shuningdek Ixtisoslashtirilgan tashkilotga hududiy biriktirilgan sog‘liqni saqlash organlari muassasalarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
45. Reabilitatsiya markazining tibbiyot va pedagog xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlagan davolash standartlariga muvofiq bolalarning rivojlanishidagi nuqsonlarini korreksiya qilish, rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarni tibbiy reabilitatsiya, abilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashuvga qaratilgan reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazadi.
46. Belgilangan davolash kursi doirasida reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazish ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotning har bir tarbiyalanuvchisi uchun yakka tartibda mashg‘ulotlar jadvalini hisobga olgan holda rejalashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
47. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotning tarbiyalanuvchilaridan tashqari reabilitatsiya markazi mazkur ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotning tibbiy-psixologik-pedagogik kengashi ko‘rsatmasiga ko‘ra 2 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalarni hamda mazkur qarorga 4-ilova bilan tasdiqlangan Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasini berish uchun asos bo‘ladigan tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxatida belgilangan rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan 2 yoshdan 7 yoshgacha bolalarni ham ambulator sharoitida qabul qiladi va reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazadi.
48. Reabilitatsiya markazida ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotining har bir tarbiyalanuvchisiga hamda ambulator sharoitida davolanish kursidan o‘tgan bola uchun belgilangan namunadagi tibbiy kartasi ochiladi. Tarbiyalanuvchining ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda bo‘lish muddati tugagandan keyin yoki ambulator sharoitida davolanish kursi tugaganidan so‘ng bolaning qonuniy vakillari yashash joyi bo‘yicha tibbiyot muassasasi uchun tibbiy kartasidan ko‘chirma beriladi.
49. Reabilitatsiya markazida besh kunlik ish haftasi belgilanadi. Qabul qilish jadval bo‘yicha belgilangan vaqtda — har kuni 7,2 soatdan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
50. Reabilitatsiya markazi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bola yashash joyi bo‘yicha tuman (shahar) markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikaning yo‘llanmasi asosida, yuqumli kasalliklar bilan aloqa bo‘lmaganligi haqidagi ma’lumotnomani albatta talab qilgan holda, qo‘shimcha pulli ambulator xizmatlarini tashkil etishga haqli.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
51. Tibbiy jismoniy tarbiya bo‘yicha mashg‘ulotlar tibbiy jismoniy tarbiya instruktori yoki tegishli tayyorgarlikka ega o‘qituvchi tomonidan o‘tkaziladi.
52. Reabilitatsiya markazida barcha sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya tadbirlari to‘g‘ri tashkil etilishi hamda o‘tkazilishi ustidan nazorat sog‘liqni saqlash hududiy boshqarish organlari tomonidan olib boriladi.
Sog‘liqni saqlash hududiy boshqarish organlari reabilitatsiya markazini tibbiyot kadrlari bilan to‘ldirish, ularning malakasini oshirish, shuningdek davolash va sog‘lomlashtirishning zamonaviy texnologiyalari hamda usullarini keng jalb qilish, maslahatlari bilan yordam ko‘rsatishi uchun yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish uchun mas’uldir.
53. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning shtatdagi xodimlari sog‘liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy tekshiruvdan o‘tadi.
Oldingi tahrirga qarang.
54. Tibbiyot va pedagog xodimlar O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq reabilitatsiya jarayonini tashkil etish uchun javob beradi. Reabilitatsiya markazi faoliyatiga va reabilitatsiya jarayonini tashkil etishga umumiy rahbarlik Ixtisoslashtirilgan tashkilotning davolash ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan amalga oshiradi.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Yüklə 29,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin