Reabilitatsiya markaziga EGA davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti to‘G‘risida


-bob. Ixtisoslashtirilgan tashkilotini boshqaruvi



Yüklə 29,1 Kb.
səhifə8/10
tarix14.05.2023
ölçüsü29,1 Kb.
#126941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
11-bob. Ixtisoslashtirilgan tashkilotini boshqaruvi
67. Ixtisoslashtirilgan tashkilot qonunchilik hujjatlariga, ushbu Nizomga va Ixtisoslashtirilgan tashkilotining ustaviga muvofiq boshqariladi.
68. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning boshqaruv organlari quyidagilardan iborat:
Pedagogik kengashi;
Kuzatuv kengashi;
Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktori.
69. Ixtisoslashtirilgan tashkilot Pedagogik kengashi:
Ixtisoslashtirilgan tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish masalalarini ko‘rib chiqadi;
70. Ixtisoslashtirilgan tashkilotda bolani tarbiyalash, rivojlantirish va ta’lim berishda ko‘maklashish maqsadida Kuzatuv kengashi tashkil etiladi. Uning tarkibi ushbu tashkilotga boradigan bolalarning qonuniy vakillari, uning xodimlari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlar vakillaridan tuziladi.
71. Ixtisoslashtirilgan tashkilot Kuzatuv kengashining faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
72. Ixtisoslashtirilgan tashkilotga O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
(72-band Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/426/0707-son)
73. Direktor Ixtisoslashtirilgan tashkilotning faoliyatiga joriy rahbarlik qiladi va Kuzatuv kengashiga hamda muassisga hisob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
74. Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktorining huquqlari va majburiyatlari qonunchilik hujjatlarida, ustavda, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek, mehnat shartnomasida belgilanadi.
75. Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktorining lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
76. Direktor:
Oldingi tahrirga qarang.
Ixtisoslashtirilgan tashkilot nomidan faoliyat olib boradi, uning manfaatlarini ifodalaydi, Ixtisoslashtirilgan tashkilot mulkini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etadi va shartnoma tuzadi;
(76-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
77. Uch nafar direktor o‘rinbosari Ixtisoslashtirilgan tashkilotning tarkibiy bo‘linmalariga joriy rahbarlik qiladi:
o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari maktabgacha ta’lim hududiy boshqaruv organi va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktori tomonidan tayinlanadi;

Yüklə 29,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin