Reeksport va reimport rejimlari Tovarlarni reeksport bojxona rejimiga joylashtirishda byuDni to‘ldirish



Yüklə 16,26 Kb.
tarix10.12.2023
ölçüsü16,26 Kb.
#139239
REEKSPORT VA REIMPORT Rejimlari


REEKSPORT VA REIMPORT Rejimlari


Tovarlarni reeksport bojxona rejimiga joylashtirishda BYuDni to‘ldirish
26. Tovarlarni reeksport bojxona rejimiga joylashtirishda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BYuDning quyidagi grafalari to‘ldiriladi: 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 9, 11, 12, 13, 14, 17, 17a, 18, 19, 20, 22, 23, 24, 25, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 37, 38, 40, 41, 42, 44, 45, 46, 47, 49, 50, 54, “S”.
27. BYuDning 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 9, 11, 12, 13, 14, 17, 17a, 18, 19, 20, 22, 23, 24, 25, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 35, 37, 38, 40, 41, 42, 44, 45, 46, 47, 49, 50, 54 grafalari mazkur Yo‘riqnomaning 22-bandiga muvofiq to‘ldiriladi.
28. BYuDning “S” grafasini to‘ldirilishi quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
2) “C” grafa.
1 — tashqi savdo kontraktining (shartnomasining, kelishuvining) Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimidagi identifikatsiya raqami (bundan olib chiqilayotgan tovarlar tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) ijrosiga bog‘liq bo‘lmagan hollar mustasno);
2 — tovarlarni erkin muomalaga chiqarish (import) yoki bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimlariga rasmiylashtirishda BYuD ro‘yxatga olingan sana. Agar, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda, tovar erkin muomalaga chiqarish (import) yoki bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimlariga joylashtirilmagan bo‘lsa, tovarni boshqa tegishli bojxona rejimiga joylashtirishda rasmiylashtirilgan BYuD ro‘yxatga olingan sana ko‘rsatiladi.

Tovarlarni reimport bojxona rejimiga joylashtirishda BYuDni to‘ldirish

29. Tovarlarni reimport bojxona rejimiga joylashtirishda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BYuDning quyidagi grafalari to‘ldiriladi: 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 9, 11, 12, 13, 14, 15, 15a, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 37, 38, 40, 41, 42, 44, 45, 46, 47, 49, 50, 54, “S”.


30. BYuDning 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 9, 11, 12, 13, 14, 15, 15a, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 37, 38, 41, 42, 44, 45, 46, 47, 49, 50, 54 grafalari mazkur Yo‘riqnomaning 25-bandiga muvofiq to‘ldiriladi.
31. BYuDning 40 va “C” grafalarining to‘ldirilishi quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
1) 40-grafa. “Umumiy deklaratsiya/avvalgi hujjat”.
Grafada mazkur Yo‘riqnomaning 25-bandida belgilangan tartibda tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqishga asos bo‘lgan BYuD to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi;
Grafada qo‘shimcha ravishda tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun ichki bojxona organiga yetkazib berish uchun asos bo‘lgan yetkazib berishni nazorat qilish hujjatlari (yukni yetkazib berishni nazorat qilish kitobchasi, MDP kitobchasi) haqidagi quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
yetkazib berishni nazorat qilish hujjatining kodi: yukni yetkazib berishni nazorat qilish kitobchasi uchun — KKDG, MDP kitobchasi uchun — MDP;
yetkazib berishni nazorat qilish to‘g‘risidagi hujjat raqami (99999/99.99.9999/IM999999 — post kodi/sana/yukni yetkazib berishni nazorat qilish kitobchasi raqami, 99999/99.99.9999/ZX99999999 — post kodi/sana/MDP kitobchasi raqami). Bunda, yukni yetkazib berishni nazorat qilish kitobchasi raqamidagi harflar kirill alifbosi harflarida, MDP kitobchasi raqamidagi harflar esa lotin alifbosida yozilishi shart;
yetkazib berishni nazorat qilish to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan tovarning, rasmiylashtirilayotgan brutto vazni (kilogrammda).
Masalan:
KKDG 06006/31.03.2012/IM003761 — 15000 kg;
MDP 27002/01.01.2014/XY00156239 — 19456 kg.
Agar tovar bir nechta yetkazib berishni nazorat qilish to‘g‘risidagi hujjatlardan rasmiylashtirilayotgan bo‘lsa, har bir ma’lumot alohida yangi qatordan yuqorida qayd etilgan tartibda ko‘rsatiladi.
Tovarlarda ichki bojxona organiga yetkazib berish uchun asos bo‘ladigan yetkazib berishni nazorat qilish hujjatlari mavjud bo‘lmagan hollarda grafada qo‘shimcha ravishda ushbu hujjat haqida ma’lumot ko‘rsatilishi talab etilmaydi;
3) “C” grafa.
Grafada quyidagilar ko‘rsatiladi (ma’lumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldiga tartib raqami qo‘yiladi):
1 — ijrosi bo‘yicha tovar O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqilgan tashqi savdo kontraktining (shartnomasining, kelishuvining) Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimidagi identifikatsiya raqami;
2 — tovarlar O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan sana. Olib kirilgan sana O‘zbekiston Respublikasi chegarasidan o‘tish punktidagi chegara bojxona postida tovarning kuzatuv hujjatlariga qo‘yiladigan shtamp sanasi bo‘yicha aniqlanadi.
Yüklə 16,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin