Referat 1-topshiriq



Yüklə 67,13 Kb.
səhifə1/11
tarix13.12.2023
ölçüsü67,13 Kb.
#139817
növüReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
123 TOPSHIRIQ



Termiz Davlat Universiteti
Iqtisodiyot va turizm fakulteti
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’ycha) talim yo’nalishi
4-kurs 420-guruh talabasi
Abdurasulov Abdusalimning Qishloq xo’jaligi fanidan tayyorlagan REFERAT

1-TOPSHIRIQ
QISHLOQ XO‘JALIGIDA ASOSIY VA AYLANMA FONDLAR HAMDA ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
“Venn diagкammasi”


X XY Y


X- asosiy vositalarning o‘ziga xos xususiyatlari
Asosiy fondlar iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish jarayonida bir yildan ko‘p muddat davomida qatnashib, qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga, bajarilayotgan xizmatlarga yillar davomida qisman o‘tkazib boradi. Ularga qishloq xo‘jalik yerlari, mashinalar, traktorlar, binolar, inshootlar, transport vositalari, qurilmalar, mexanizmlar, ishchi va mahsuldor hayvonlar, ko‘p yillik mevali daraxtlar va boshqalar kiradi.
Asosiy fondlarning alohida turlari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida bir xilda ishtirok etmaydi. Shu sababli qishloq xo’jaligi tarmog’ida asosiy fondlarni aktiv va passiv asosiy fondlarga ham ajratish mumkin. Aktiv asosiy fondlar ishlab chiqarish bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ko‘paytirishda asosiy omil hisoblanadi. Ularga traktorlar, kombaynlar, transport vositalari, qishloq xo‘jaligi mashinalari, texnikalari va hokazolar kiradi. Passiv asosiy fondlar qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida bevosita ishtirok etmasada, tarmoqda ishlab chiqarishni tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, turli inshootlar, omborlar, ma’muriy bino va texnikalar ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmasada, ishlab chiqarishni tashkil etishda ularning ham o’ziga xos o’rni mavjud.
Asosiy fondlar ishlab chiqarishning so‘nggi natijalariga bir xilda ta’sir etmaydilar. Shuning uchun ular aktiv va passiv fondlarga ajratiladi. Aktiv fondlarga ishlab chiqarish jarayonida faol qatnashadigan traktorlar, kombaynlar, avtomobillar, qishloq xo‘jaligi texnikalari, transport vositalari, mahsulotlarni realizatsiya qilishda ishtirok etadigan vositalar va boshqalar kiradi. Passiv fondlarga esa qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida bevosita qatnashmaydigan binolar, inshootlar, melioratsiya obyektlari kiradi. Barcha asosiy vositalardan yil davomida to‘liq foydalanishga harakat qilish kerak
Asosiy vositalardan yillar davomida foydalanilishi natijasida jismoniy jihatdan eskiradi. Fan-texnika taraqqiyoti natijasida yangi, zamonaviy texnikalarning yaratilishi, takomillashtirilishi tufayli ular ma’naviy jihatdan ham eskiradi. Asosiy fondlar amortizatsiyasi – ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yoki ko‘rsatilayotgan xizmatlar tannarxiga yillar davomida o‘tkazib borilishi hisobiga asosiy fondlar qiymatining kamayib borishidir. Shu yo‘l bilan sotib olingan yoki qurilgan asosiy vosita qiymati asta-sekin qoplanadi. Agar asosiy vosita sotib olingan yoki qurilgan yilning o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxiga kiritiladigan bo‘lsa, mahsulot yoki xizmat tannarxi keskin oshib ketishiga olib keladi.


Yüklə 67,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin