Referat 1-topshiriq


XY- asosiy va aylanma vositalarning umumiy, o‘xshash jihatlari



Yüklə 67,13 Kb.
səhifə3/11
tarix13.12.2023
ölçüsü67,13 Kb.
#139817
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
123 TOPSHIRIQ

XY- asosiy va aylanma vositalarning umumiy, o‘xshash jihatlari.
Asosiy va aylanma fondlar quyidagi ikkita manbadan shakllantiriladi:
- korxonalarning o‘z mablag‘laridan;
- chetdan jalb etilgan mablag‘lar hisobiga.
Korxonalarning o‘z mablag‘lariga sof foydadan ajratilayotgan mablag‘, amortizatsiya fondi, asosiy vositalarni sotishdan, tugatishdan tushadigan mablag‘lar, asosiy vositalarni ijaraga berishdan tushgan mablag‘, qimmatli qog‘ozlar chiqarib sotishdan tushgan tushum va boshqa shu kabilar kiradi.
Chetdan jalb qilingan mablag‘larga esa davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar, banklardan olingan kreditlar, jalb etilgan investitsiyalar va boshqalar kiradi. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini rivojlantirish maqsadida davlat byudjetidan ko‘plab mablag‘lar ajratilmoqda.
Bozor munosabatlari sharoitida qishloq xo‘jalik asosiy va aylanma fondlarini shakllantirishda lizing xizmatidan keng foydalanish lozim. Qishloq xo‘jalik korxonalarida o‘zlari uchun zarur bo‘lgan barcha texnikalarni sotib olish uchun mablag‘lari yetishmasligi mumkin. Bunday sharoitda ularni lizing asosida ijaraga olish va lizing muddati tugagandan so‘ng qoldiq qiymati bo‘yicha sotib olish maqsadga muvofiqdir. Mamlakatimiz hukumati tomonidan lizing faoliyati izchil qo‘llab-quvvatlanib kelinmoqda. Qishloq xo‘jaligi korxonalari turli vositalarni lizing asosida jalb qilganda ularga boj to‘lovlari, soliqlar bo‘yicha ko‘plab imtiyozlar berilmoqda. Hozirgi vaqtda fermer xo‘jaliklari o‘zlarining asosiy fondlar bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan lizing kompaniyalarining xizmatlaridan keng foydalanmoqdalar.
Mazkur mablag‘lar asosan irrigatsiya inshootlarini (suv omborlari, kanallar) barpo etishga, qishloq xo‘jaligida yangi yerlarni o‘zlashtirishga, yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga, ekologiyani sog‘lomlashtirishga, qishloq xo‘jalik korxonalarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilmoqda.
Asosiy va aylanma fondlarni barpo etishda qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘zlari uchun zarur bo‘lgan vositalarni ishlab chiqaruvchilarning o‘zidan olishga harakat qilishi kerak. Bunday munosabatda vositachilar bo‘lmasligi sababli vositalarni arzonroq sotib olishga erishiladi. Shuning uchun xo‘jaliklar bu aloqaning doimiyligini ta’minlashga harakat qilishlari lozim.



Yüklə 67,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin